Shveysariya chempionatining 7-turida "Lugano" safarda "Bazel"ga qarshi maydonga tushib, g‘alabani qo‘lga kiritdi.
"Lugano" safida to‘p tepayotgan o‘zbekistonlik himoyachi Behruz Karimov uchrashuvni asosiy tarkibda boshladi va bahsni to‘liq o‘tkazdi.
SofaScore portali hamyurtimizning mazkur uchrashuvdagi harakatlarini 6,6 ball bilan baholadi.














