«Barselona» La Liganing joriy mavsumida o‘tkazgan dastlabki 4 ta uchrashuvining barchasida g‘alaba qozondi va 12 ochko bilan turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda.
10 ochko jamg‘argan «Alaves» ikkinchi o‘rinni egallab turibdi. 9 ochkoga ega «Real» esa kuchli uchlikni yakunlamoqda.
Xuddi shuncha — 9 ochko to‘plagan «Betis» 4-o‘rinda bormoqda. 8 ochkoga ega «Deportivo» 5-pog‘onada, «Atletiko» esa 7 ochko bilan 6-o‘rinni egallagan.
Turnir jadvalining so‘nggi — 20-o‘rnida 1 ochkoga ega «Valensiya» joylashgan.
«Elche» va «Xetafe» 4-tur doirasidagi uchrashuvlarini dushanba kuni o‘tkazadi. Uch turdan keyin «Xetafe» hisobida 3 ochko, «Elche»da esa 1 ochko bor.














