Kirish Ro'yxatdan o'tish

«MYU» yozda amalga oshmagan transferni yakunlash niyatida

«MYU» yozda amalga oshmagan transferni yakunlash niyatida

Baho:
+ | -

«Manchester Yunayted» «Lester» yarim himoyachisi Luis Peyjni sotib olish bo‘yicha muzokaralarni davom ettirmoqda.

«Qizil iblislar» 18 yoshli angliyalik futbolchini yozgi transfer oynasining so‘nggi kuniyoq qo‘lga kiritishga umid qilgan edi. Peyj klubning yozda yarim himoya chizig‘i uchun amalga oshirgan to‘rtinchi transferiga aylanishi mumkin edi.

Biroq ikki klub dedlaynga qadar kelishuvga erisha olmadi. Shunga qaramay, Manchester Evening News ma’lumotiga ko‘ra, tomonlar o‘rtasidagi muloqot to‘xtamagan.

Peyjning transfer qiymati «Lester» yozda Jeremi Mongani «Manchester Siti»ga sotib olganida ishlab olgan 12,5 million funtdan ham yuqori bo‘lishi mumkin.

Luis Peyj 2025 yil avgust oyida «Lester» asosiy jamoasida debyut qilgan. U o‘tgan mavsum Chempionshipda 18 ta uchrashuvda maydonga tushgan.

Kiritildi: 08:46, 07.09.2026.
O'qildi: 2323 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик