Butunjahon etnosport konfederasiyasi rahbari, Kamonchilar fondi vasiylik kengashi raisi, Turkiya yoshlar fondi Oliy maslahat kengashi a’zosi Bilol Erdogan va “Turkiya-O‘zbekiston” parlamentlararo do‘stlik guruhi raisi, Turkiya Buyuk Millati Majlisi a’zosi Haydar Ali Yildiz boshchiligidagi katta delegasiya mamlakatimizga tashrif buyurgani haqida xabar qilgandik.
Turkiyadan kelgan delegasiya vakillari uchun navbatdagi manzil Chelak tumanida joylashgan Imom al Buxoriy majmuasi bo‘ldi.
Mehmonlar islom olamining buyuk olimi Imom al Buxoriy majmuasini ziyorat qilishdi. U yerda buyuk mutafakkir haqqiga duolar o‘qildi, qur’on tilovat qilindi.
Eslatib o‘tamiz, mehmonlarga O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi Prezidenti Umid Ahmadjonov hamda Jismoniy tarbiya va sport vaziri Shoakrom Isroilovlar hamrohlik qilishmoqda.