«Barselona» «Manchester Siti» yarim himoyachisi Rodri uchun kurashga qo‘shilishi mumkin.
Kataloniya klubida 30 yoshli Jahon chempioni atrofidagi vaziyatni sinchkovlik bilan kuzatib borishmoqda. Jurnalist Nil Solaning xabar berishicha, agar futbolchining o‘zi Xans-Diter Flik jamoasida o‘ynashni xohlashini bildirsa, «Barselona» transferni amalga oshirish uchun barcha imkoniyatlarni ishga soladi. Manba ma’lumotlariga ko‘ra, «ko‘k-anorranglilar» xavbek uchun 50 million yevro taklif qilishga tayyor.
Rodriga «Barselona» loyihasi manzur kelmoqda, biroq «shaharliklar» yulduzi uchun kurashda Madridning «Real» klubi asosiy favorit bo‘lib qolmoqda. Transfermarkt talqiniga ko‘ra, ispaniyalik futbolchining narxi 55 million yevroni tashkil etadi.













