Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina 1-2 Udineze
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo

Pepsi Superliga: 14-tur uchrashuvlari Jahon chempionati startidan keyinga qoldirildi

Pepsi Superliga: 14-tur uchrashuvlari Jahon chempionati startidan keyinga qoldirildi

Baho:
+ | -1

O‘zbekiston milliy terma jamoasining Urugvayga qarshi xalqaro o‘rtoqlik o‘yini sabab Pepsi Superliga taqvimida navbatdagi o‘zgarish yuz berdi hamda 14-tur Jahon chempionati startidan keyinga qoldirildi. Bu haqda keyinroq batafsil ma’lumot beriladi. 

O‘FA rahbariyati milliy va olimpiya terma jamoalarining xalqaro maydondagi imidjini tiklash maqsadida taqvimni ularning rejasidan kelib chiqib tuzish taklifini bergan. O‘zbekiston milliy termasi Urugvay bilan o‘yin uchun olis masofani bosib o‘tadi. Shundan kelib chiqib, delegasiya 7 iyun kungi bellashuv uchun 2 iyun tongida yo‘lga chiqadi.

2-3 iyun kunlari Pepsi Superliganing 14-tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tishi kerak edi. Milliy termaning kengaytirilgan ro‘yxatidan dastlab “Bunyodkor”, “Paxtakor”, “Nasaf” hamda “Lokomotiv” klublaridan uch va undan ortiq futbolchi joy olgandi. Mazkur holat ularning chempionatdagi o‘yinlariga o‘z ta’sirini ko‘rsatishi katta ehtimol bo‘lib turgandi.

Shundan kelib chiqib, PFL 14-turni keyinroqqa qoldirdi. 15-turda esa ikki o‘zgarish yuz berdi. “Nasaf” hamda “Bunyodkor” klublari ishtirokidagi o‘yin bir kun keyinga qoldirildi. Qolgan uchrashuvlar o‘z o‘rnini saqlab qoldi. Vaqtlar va soatlar quyida ko‘rsatib o‘tilgan. 

Pepsi Superliga. 15-tur.

10 iyun (yakshanba)

“Navbahor” - “Qo‘qon-1912”           19:02

11 iyun (dushanba)

“Qizilqum” — “So‘g‘diyona”  19:30

12 iyun (seshanba)

“Neftchi” - “Paxtakor”                  19:03

“Metallurg” - “Nasaf”                  19:11

“Lokomotiv” - AGMK           19:11

“Buxoro” - “Bunyodkor”                  19:32

Pepsi Superliga taqvimida Jahon chempionatidan keyin ham o‘zgarishlar yuz berishi katta ehtimol. Ayni vaqtda O‘zbekiston Kubogi formatiga yana bir kichik o‘zgarish kiritish masalasi ko‘rib chiqilmoqda. Shuningdek, Osiyo o‘yinlarida ishtirok etadigan O‘zbekiston olimpiya terma jamoasiga sharoit yaratish, shuningdek, bu jamoaga chaqirilgan futbolchilar sabab ayrim klublar aziyat chekmasligi uchun ham o‘zgarishlar yuz beradi.

Mazkur o‘zgarishlar orasida ehtimoliy dekabr sanasida o‘tishi kerak bo‘lgan O‘zbekiston Kubogi finalining oktyabrda o‘tkazilishi masalasi ham bor. Boisi O‘FA hamda PFL Kubok finalini o‘tgan yildagidan kam bo‘lmagan bayram bilan o‘tkazishni maqsad qilgan.

Shuningdek, 2018 yil mavsumidagi birorta ham o‘yin dekabrga qolmasligi kerak. Yaxshi bilasizki, 2019 yilning yanvar oyida Osiyo Kubogi start oladi. Shundan kelib chiqib, milliy terma jamoa murabbiylariga sharoit yaratish hamda og‘ir mavsumni o‘tkazishga majbur bo‘layotgan milliy terma futbolchilarga dekabrda ozgina tanaffus berish muhim faktor hisoblanadi.

PFL bu kabi o‘zgarishlar uchun futbol muxlislari hamda klublardan uzr so‘raydi. Umid qilamizki, ular bizni to‘g‘ri tushunadi. Ayni vaqtda futboldagi hamma bir yoqadan bosh chiqarib, terma jamoalarning xalqaro maydonlardagi ishtiroki yo‘lida birlashmoqda. 2019 yilgi mavsumda PFLga na Osiyo o‘yinlari, na Jahon chempionati va na Osiyo Kubogi halal beradi. Demak, taqvim bunda chiroyli, hamma uchun qulay va o‘zgarishlarsiz bo‘ladi.

Manba: www.pfl.uz
Kiritildi: 22:46, 26.05.2018.
O'qildi: 6156 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.