Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/06 22:00 Braziliya 2-1 Yaponiya
30/06 01:30 Germaniya 1-1 Paragvay
30/06 06:00 Niderlandiya 1-1 Marokash
30/06 22:00 Kot-d'Ivuar - Norvegiya
01/07 02:00 Fransiya - Shvesiya
01/07 06:00 Meksika - Ekvador
01/07 21:00 Angliya - Kongo DR

Mourinyo «Real» rejasini o‘zgartirdi

Mourinyo «Real» rejasini o‘zgartirdi

Baho:
+ | -

Hujumchi Franko Mastantuono katta ehtimol bilan keyingi mavsumni ham «Real» safida o‘tkazadigan bo‘ldi.

Taniqli jurnalist Mario Kortegananing xabar berishicha, «qaymoqranglilar»ning yangi bosh murabbiyi Joze Mourinyo argentinalik futbolchi iqtidorining muxlisi hisoblanadi. Aslida Madrid klubi shu yozda forvardni tajriba to‘plashi uchun boshqa jamoaga ijaraga berishni rejalashtirgan edi, biroq endilikda buning ehtimoli juda past. Sababi Mourinyo «Real» rahbariyatidan Mastantuononi jamoada olib qolishni qat’iy talab qilmoqda.

Ma’lumot uchun, Franko Mastantuono 2025 yili 45 million yevro evaziga Argentinaning «River Pleyt» klubidan «Real»ga ko‘chib o‘tgan edi. Uning madridliklar bilan shartnomasi 2031 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan. Argentinalik yosh iqtidor yakunlangan 2025/26 yilgi mavsumda «qirollik klubi» safida barcha musobaqalarda 35 ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga 3 ta gol va 1 ta golli uzatmani yozdirib qo‘ydi. Nufuzli Transfermarkt portali futbolchining transfer qiymatini 45 million yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 04:09, 25.06.2026.
O'qildi: 4531 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик