Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/07 20:00 Buxoro 1-0 Bunyodkor
21/07 20:00 Paxtakor 2-1 Xorazm
21/07 20:00 So‘g‘diyona 1-5 Neftchi
22/07 20:00 Mash’al - Nasaf
22/07 20:00 Lokomotiv - Andijon
22/07 20:00 Qo‘qon-1912 - OKMK
23/07 20:00 Surxon - Dinamo
23/07 20:00 Navbahor - Qizilqum

«Atletiko» Alvaresni ikkita grand klubga sotishdan bosh tortmoqda

«Atletiko» Alvaresni ikkita grand klubga sotishdan bosh tortmoqda

Baho:
+ | -

Hujumchi Xulian Alvaresning kelajagi transfer olamidagi eng asosiy mavzulardan biri bo‘lib turibdi. Argentinalik futbolchi Madridning «Atletiko» klubidan «Barselona»ga o‘tishni istayotgani kundek ravshan — yaqindagina Xulian o‘z orzusini amalga oshirish uchun klubni o‘zgartirish niyatida ekanini ochiqchasiga tan oldi. «Matraschilar» esa o‘zlarining asosiy yulduzlaridan biri bilan xayrlashishni, ayniqsa, La Ligadagi bosh raqobatchilarini kuchaytirishni aslo xohlashmayapti.

The Touchline nashrining COPE radiosiga tayanib xabar berishicha, «Atletiko» Alvaresni «Barselona» yoki «Real Madrid» klublariga sotishni xayoliga ham keltirmayapti.

Avvalroq matbuotda Madrid klubi 26 yoshli Alvaresni Londonning «Arsenal» jamoasiga sotishni afzal ko‘rayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Qayd etilishicha, «Atletiko» rahbariyati «Barselona» uchun yagona shartni ma’lum qilgan: kataloniyaliklar Alvaresni faqat shartnomada ko‘rsatilgan 500 million yevrolik tovon pulini to‘liq to‘lagan taqdirdagina sotib olishlari mumkin. Tabiiki, moliyaviy qiyinchiliklarni boshdan kechirayotgan «ko‘k-anorranglilar» futbolchi uchun buncha mablag‘ ajrata olishmaydi.

Kiritildi: 03:51, 25.06.2026.
O'qildi: 5488 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик