Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/07 02:00 Fransiya 3-0 Shvesiya
01/07 06:00 Meksika 2-0 Ekvador
01/07 21:00 Angliya 2-1 Kongo DR
02/07 01:00 Belgiya - Senegal
02/07 05:00 AQSh - Bosniya-Gertsegovina
02/07 23:59 Ispaniya - Avstriya

Oltita terma jamoa JCH-2026dagi ishtirokini yakunladi

Oltita terma jamoa JCH-2026dagi ishtirokini yakunladi

Baho:
+-1 | -

Qatar terma jamoasi «V» guruhida so‘nggi o‘rinni egallab, jahon chempionati bilan xayrlashdi. Xulen Lopetegi shogirdlari Shveysariya (1:1), Kanada (0:6) va Bosniya va Gersegovinaga (1:3) qarshi kechgan bahslarda bor-yo‘g‘i bir ochko jamg‘arishga muvaffaq bo‘lishdi, xolos.

Shu tariqa, ayni paytga kelib musobaqadagi ishtirokini muddatidan oldin yakunlagan jamoalar soni 6 taga yetdi. Dastlabki ikki tur yakunlariga ko‘ra, Gaiti, Turkiya, Tunis, Iordaniya va Panama terma jamoalari pley-offga chiqish imkoniyatini butunlay yo‘qotgan edi. Endilikda ushbu muvaffaqiyatsizlar ro‘yxatiga Qatar ham qo‘shildi.

Musobaqa taqvimiga ko‘ra, yaqin soatlarda «S» va «A» guruhlarida ham so‘nggi tur uchrashuvlariga start beriladi va unda ham bir qator jamoalarning taqdiriga oydinlik kiritiladi.

Eslatib o‘tamiz, JCH-2026 musobaqasi 19 iyulga qadar davom etadi. Amaldagi jahon chempioni Argentina terma jamoasi hisoblanadi.

Kiritildi: 02:54, 25.06.2026.
O'qildi: 17058 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик