Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/09 00:00 Espanyol 1-3 Elche
19/09 00:00 Brentford 3-0 Chelsi
19/09 16:30 Tottenhem 2-3 Aston Villa
19/09 17:00 Osasuna 1-1 Rayo Valyekano
19/09 18:00 Mash’al 1-2 Paxtakor
19/09 18:00 Bolonya 1-1 Torino
19/09 18:00 Udineze 0-1 Kalyari
19/09 19:00 Brayton 3-0 Arsenal
19/09 19:00 Everton 1-0 Ipsvich
19/09 19:00 Nyukasl 2-1 Xall Siti
19/09 19:15 Atletik Bilbao 0-0 Alaves
19/09 20:15 Bunyodkor 2-1 Buxoro
19/09 21:00 Roma 2-2 Inter
19/09 21:30 Selta 5-0 Rasing
19/09 21:30 Nottingem Forest 0-1 Koventri Siti
19/09 23:45 Venetsiya 0-2 Lasio
20/09 00:00 Sevilya 1-3 Barselona
20/09 10:00 Eron - Xitoy
20/09 12:00 Gonkong - Tailand
20/09 15:00 KXDR - BAA
20/09 15:30 Fiorentina - Napoli
20/09 15:30 Yaponiya - Qirg‘iziston
20/09 17:00 Xetafe - Malaga
20/09 17:15 Andijon - Nasaf
20/09 18:00 Surxon - Qo‘qon-1912
20/09 18:00 Frozinone - Komo
20/09 18:00 Parma - Jenoa
20/09 18:00 Bornmut - Liverpul
20/09 18:00 Lids - Kristal Pelas
20/09 18:00 Manchester Siti - Sanderlend
20/09 19:00 So‘g‘diyona - OKMK
20/09 19:15 Atletiko - Real Madrid
20/09 19:30 Lokomotiv - Neftchi
20/09 20:30 Fulhem - Man. Yunayted
20/09 21:00 Yuventus - Atalanta
20/09 21:30 Deportivo - Betis
20/09 21:30 Vilyarreal - Levante
20/09 23:45 Milan - Lechche
21/09 00:00 Valensiya - Real Sosyedad
21/09 20:15 Xorazm - Qizilqum

Pro-liga klublari diqqatiga: 2019 yilgi mavsum uchun tayyorgarlik bugundan boshlanadi

Pro-liga klublari diqqatiga: 2019 yilgi mavsum uchun tayyorgarlik bugundan boshlanadi

Baho:
+ | -

Professional futbol ligasi Pro-liga klublarini ikki guruhga ajratgandi. Bunda teng sharoitli bo‘lmagan klublarning o‘zaro to‘qnash kelmasligi masalasi alohida o‘rin tutadi.

Garchi Pro-liganining “B” guruhi klublarida ham nazariy jihatdan Superligaga yo‘l olish imkoniyati bo‘lsa-da, ulardan buning uchun talab qilinadigan shartlar bor. Liga peshqadamining natijasi qanday bo‘lmasin, agar uning sharoitlari Superliga talablariga javob bermasa, bu guruh klublari pley-off o‘yinlarigayoq qo‘yilmaydi.

Mavsum-2019 uchun tayyorgarlik

Bungacha Pro-liga “B” guruhi klublariga talablar bosqichma-bosqich qo‘yilishi borasida jamoalar rahbariyati PFL tomonidan ogohlantirilgandi. Tashkilot Pro-liga klublari o‘zini o‘nglab, mavsumga kirishib olguniga qadar qo‘yib berdi. Endi esa 2019 yilgi mavsum harakati iyun oyidan boshlanadi.

Rejaga ko‘ra, endi Pro-liga klublaridan stadionni yaxshilash masalasi shunchaki talab qilinmaydi. Bir necha yillar davomida PFL yanvar oyida stadionlarda tekshiruv o‘tkazib, martga qadar ularni ta’mirdan chiqarishni talab qilib kelgan. Aslini olganda bu mantiqsizlik.

Boisi, ikki oy ichida stadionni talab darajasiga keltirishning imkoniyati yo‘q. Qolaversa, klublar o‘zida mavjud bo‘lgan mablag‘ni butun stadionga sochib yuboradi va ishni xo‘ja ko‘rsin uchun qiladi (kosmetik ta’mir).

Endi esa klublar stadiondagi sharoitlarni bosqichma-bosqich yaxshilashga harakat qiladi. Ularning barchasi PFL talablari asosida bo‘lishi nazoratga olinadi. Avval kiyim almashtirish, hakamlar xonalaridan ish boshlanadi. Avgust oyida bu xonalar taxt holga kelishi kerakki, unda Superliga klublari ham og‘rinmay kiyim almashtira olsin. Sentyabrdan boshlab maktablarda yangi o‘quv yili boshlanadi. Shundan kelib chiqib, Pro-liga klublari o‘z futbol maktablarini shu oydan boshlab ishga tushirishi kerak.

Aslida Pro-liga klublari shundoq ham futbol maktabiga ega bo‘lishi shart. Biroq bu ishga barmoq ostidan qaraydigan klublar yetarlicha. Maktablar shunchaki tashkil etilib, keyin qarovsiz qoldirilmaydi. PFL buni doimo nazorat qilib boradi.

Shu tariqa ofisdan tortib, drenajgacha, darvoza ustunlari, to‘ri-yu, muxlislar sektori va ular uchun ajratilgan hojatxonalarga qadar bosqichma-bosqich qurilishi kerak. Bularning barini birdaniga amalga oshirish uchun juda katta mablag‘ lozim va uni birdaniga topish imkonsiz. Biroq Pro-ligada o‘ynash istagida bo‘lgan va uzoq yillik rejasi bor jamoalar bu talablarni bajarishga majbur. 1-2 yil Pro-ligada o‘ynab, keyin yo‘qolib ketadigan klublardan PFL ham, futbol ham manfaatdor emas.

Shu o‘rinda bir jihatni eslatib o‘tish lozim, PFL talablarini o‘z vaqtida bajarmagan klublar nafaqat bu mavsumdan chetlashtiriladi, balki 2019 yilgi mavsumga ham qo‘yilmaydi. O‘sha klub rahbariyatidan tortib, jamoaga qadar PFL ishonchidan chiqadi. Talablarni bosqichma-bosqich bajarishga bel bog‘lagan klublar bilan esa 2-3 yil davomida ish olib boriladi. Ajab emas, shu davr davomida quyi liga stadionlari, bazalarida ham ijobiy o‘zgarishlar ko‘zga tashlansa.

PFL mazkur ish yuzasidan umumiy yig‘ilish o‘tkazmaydi. Balki, har bir klub bilan birma-bir uchrashuv bo‘lib o‘tadi. Bunda klub rahbariyatidan tortib, sarmoyadorlarga qadar ishtirok etishi shart. Har bir klubning ish rejasi hamda shu klub qilishi shart bo‘lgan ishlar o‘zaro kelishib olinadi. Futbol jamoatchiligi bu rejadan boxabar qilinadi. Ya’ni, PFL bilan bir qatorda, qolgan klublar ham, jurnalistlar ham, muxlislar ham o‘zgarishlarni kuzatib borishi mumkin bo‘ladi. Qilingan ishlar yuzasidan klublar PFLga, PFL esa jamoatchilikka ma’lumot taqdim etib boradi.

Klublar bilan uchrashuvlar jadvali tez kunda ma’lum qilinadi.

Manba: www.pfl.uz
Kiritildi: 13:22, 28.05.2018.
O'qildi: 3844 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик