Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/03 00:30 Aston Villa 1-4 Chelsi
05/03 00:30 Fulhem 0-1 Vest Xem
05/03 00:30 Brayton 0-1 Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti 2-2 Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl 2-1 Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor 0-1 Buxoro
05/03 19:15 Mash’al 0-2 Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon 0-3 Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem 1-3 Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK
07/03 00:45 Napoli - Torino
07/03 01:00 Selta - Real Madrid
07/03 18:00 Osasuna - Malyorka
07/03 19:00 Kalyari - Komo
07/03 20:15 Levante - Jirona
07/03 22:00 Atalanta - Udineze
07/03 22:30 Atletiko - Real Sosyedad

Yangi libosga yarashmagan tugma: Klopp qazigan «choh»ga «Liverpul» quladi

Yangi libosga yarashmagan tugma: Klopp qazigan «choh»ga «Liverpul» quladi

Baho:
+1 | -

Bu galgi Chempionlar ligasi xatolarga boy bo‘ldi, o‘zgacha bo‘ldi, kutilmagan bo‘ldi. Bu holat guruh bahslaridan tortib finalgacha kuzatildi. Ayniqsa, final shunaqa ruhda o‘tdiki, agar menga «Chempionlar ligasi finali boshqatdan o‘tkazilishini istaysanmi?» deyishsa, hech ikkilanmasdan “Ha”, degan bo‘lardim. Chunki men uchun bu final tatimadi. Final boshqacha bo‘lishi kerak edi.

G‘ALABA KERAK, AMMO...

Futbol — kurashuvchan sport turi. O‘zaro kontaktlar, raqobat, jismoniy kurash kechishi tayin. Buni inkor etib bo‘lmaydi. Ammo bu raqibga nisbatan shafqatsizlik qilish kerak degani emas. Biroq g‘alaba uchun, sovrin uchun har narsaga tayyor bo‘lgan Serxio Ramos buni esdan chiqardi. «Liverpul» hujumchisi Muhammad Saloh bilan bo‘lgan vaziyatda u nafaqat to‘p uchun, balki raqibiga jarohat yetkazish uchun ham kurashdi. Xulosa chiqarishga shoshilmang, men bu gapni Ramosning xarakterini, harakatini va ko‘p yillik tajribaga ega ekanligini inobatga olib aytyapman. Ramos qanday harakat raqibga jarohat yetkazishini yaxshi biladi. O‘sha vaziyatda u Salohning qo‘lini qo‘ltig‘iga qisib olgandan ko‘ra yelkasi bilan itarib, to‘pni tepib yuborsa bo‘lardi-ku! Yo‘q, u bunday qilmadi. Ehtimol, u atayin Salohga jarohat yetkazishga urinmagandir, ammo o‘sha xatti-harakati jismonan o‘zidek baquvvat bo‘lmagan Muhammadga jarohat yetkazishi aniqligini hisobga olishi kerak edi. Ammo bu futbol, unda birinchi o‘rinda inson emas, g‘alaba faktori turadi. Har holda, Ramos shunday hisoblaydi.

Aynan Muhammad Saloh jarohat olib maydondan chiqib ketganidan keyin finalga bo‘lgan qiziqishim so‘na boshladi. Chunki «Liverpul» aynan Salohga ishongandi, bu Muhammadning birinchi finali edi. Ha, men finalda hech bir jamoaga muxlislik qilmadim, ammo Salohning o‘zini ko‘rsatishini xohlagandim. Istardimki, boshqa futbolchilar, hatto Ramosning o‘zi ham keyingi safar bunday xunuk xatti-harakatga qo‘l urmasin.

KLOPP QAZIGAN «CHOH»

davomi

Manba: aniq.uz
Kiritildi: 17:39, 28.05.2018.
O'qildi: 20750 marta.
Fikrlar: 9 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.