Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/09 00:30 Elche 2-3 Real Sosyedad
08/09 21:45 Bryugge 2-3 Aston Villa
08/09 21:45 AEK 1-0 LASK
08/09 23:59 Real Madrid 2-1 Inter
08/09 23:59 Portu 0-2 Manchester Siti
08/09 23:59 Borussiya D 3-2 Vilyarreal
08/09 23:59 Lill 2-3 Betis
09/09 18:30 OKMK - Paxtakor
09/09 19:00 Neftchi - Surxon
09/09 20:00 Nasaf - Bunyodkor
09/09 21:45 Barselona - Feyenoord
09/09 21:45 Shtutgart - Viking
09/09 23:59 Liverpul - Atletiko
09/09 23:59 Napoli - Arsenal
09/09 23:59 PSJ - Sporting
09/09 23:59 Sporting - Galatasaroy
10/09 19:00 Dinamo - Qizilqum
10/09 19:00 Andijon - Qo‘qon-1912
10/09 20:00 Xorazm - So‘g‘diyona

Britaniya qirollik oilasi qaysi jamoaga muxlislik qiladi?

Britaniya qirollik oilasi qaysi jamoaga muxlislik qiladi?

Baho:
+ | -

Buyuk Britaniyaning oliy nasab oilasi vakillarini doim bir qancha jamoalar bilan bog‘lab kelishadi. Darhaqiqat ular qaysi futbol klublari bilan uzviy bog‘langan?

Qirolicha Yelizaveta II, shahzodalar – Charlz, Uilyam va Garrilar yillardan beri turli futbol jamoalariga sodiq muxlis bo‘lib kelishmoqda. Hatto ular jamoaning asosiy tarkibi bo‘yicha ba’zi futbolchi va murabbiylarga ta’sir ko‘rsata olishlari haqidagi mish-mishlar uchrab turibdi.

Quyida monarxiya oilasi vakillari qaysi jamoaga muxlislik qilishlarini bilib olishingiz mumkin.

Yelizaveta II qaysi jamoaga muxlislik qiladi?

Buyuk Britaniyaning amaldagi boshlig‘i Qirolicha – Yelizaveta II yillar davomida bir necha klubga muxlislik qilgan. Hozirda ko‘pchilik uni “Vest Xem” muxlisasi deb o‘ylaydi.

Amaldagi qirolicha qaysi klubga muxlislik qilishi borasida neytrallikni saqlab qolishga harakat qildi. Ammo u 60-yillardagi “Vest Xem”dan zavqlanishini aytgach, ko‘pgina savollarga javob topildi.

Shunga qaramay, qirolicha 2007-yilda “Bukingem” saroyida Arsen Venger bilan uchrashganidan keyin “Arsenal”ga ham mehri bo‘lakcha degan mish-mishlar paydo bo‘lgandi. Uning Sesk Fabregas bilan xabarlashib turishi esa bu ovozalarni yanada kuchaytirib yuborgan edi.

Shahzoda Charlz qaysi jamoaga muxlislik qiladi?

2012-yilda shahzoda Charlz “Byornli” muxlisi ekanligi ushbu klubda xayriya ishlari olib borganidan so‘ng ma’lum bo‘ldi.

U nega ushbu klubga muxlislik qilishi haqida so‘ralgan savolga o‘ziga xos tarzda javob qaytargandi: “Byornli” bir necha bor sinovlarni yengib o‘tgan va men bunda istaklarimni qayta yangilash va oshirish yo‘llarini topishga harakat qilaman.”

Bunday maqtovdan keyin “Byornli” ham jim qarab turmadi. Shahzodaga VIP-lojadan mavsumiy bilet taqdim etildi.

Shahzoda Uilyam qaysi jamoaga muxlislik qiladi?

Kembridj grafi shahzoda Uilyam ehtimol futbol dunyosidagi eng faol vakili bo‘lsa kerak. U “Villa Park”ka bolaligida kelganidan beri, “Aston Villa”ning har bir o‘yinini o‘tkazib yubormaydigan darajada muxlislik qiladi.

2006-yilda esa hatto u Angliya Federasiyasi prezidenti ham bo‘lgan edi va muntazam ravishda Angliya termasi va Angliya Kubogi finallarini kuzatib boradigan bo‘ldi.

Qo‘shimcha tarzda, shahzoda “Sent Jorj Park” futbol markazi tashkil etilishida ham bosh-qosh bo‘lgan edi.

Shahzoda Garri qaysi jamoaga muxlislik qiladi?

Shahzoda Garri Angliyada futbol turnirlarida o‘z neytralligini saqlab qolayotgan qirolicha oilasi vakili hisoblanadi.

Shunga qaramay, Yangi Zelandiyada mahalliy bolalar uchun o‘tkazilgan xayriya tadbirida “qirollik oilasining ko‘pchilik qismi ...

Davomi

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 10:07, 29.05.2018.
O'qildi: 5170 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик