Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/09 00:00 Vilyarreal 1-2 Betis
15/09 00:00 Lids 4-1 Nyukasl
15/09 15:00 Tejon Hana Citizen 1-0 Kyoto Sanga
15/09 15:00 Gamba Osaka 4-1 Kongan Hanoi
15/09 15:00 Kashima Antlers 7-1 Nyukasl Jets
15/09 15:00 Ratchaburi 4-6 Shangxay Port
15/09 17:15 Beyjing Guoan 3-1 Poxang Stilers
15/09 17:15 Johor Dorul Ta'zim 1-1 Buriram Yunayted
15/09 21:00 Al-Ayn 4-0 An-Nasr (SA)
15/09 22:00 Rayo Valyekano 2-1 Espanyol
15/09 23:00 Alaves 0-1 Valensiya
15/09 23:15 Al-Hilol 2-1 Al-G‘arafa
16/09 00:30 Elche 2-3 Real Madrid
16/09 15:00 Chonbuk Motors - Kashiva Reysol
16/09 17:15 Port - Vissel Kobe

Umid Ahmadjonov Real Madrid Foundation Clinic dasturining ochilish marosimida ishtirok etdi

Umid Ahmadjonov Real Madrid Foundation Clinic dasturining ochilish marosimida ishtirok etdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

O‘zbekiston futbol assosiasiyasi va "Real Madrid" klubi akademiyasi o‘rtasidagi kelishuvga asosan  yurtimizda Real Madrid Foundation Clinic dasturini ishga tushirish bo‘yicha dastlabki harakatlar boshlangani haqida xabar bergan edik.

Ana shu dasturga asosan poytaxtimizga “Qirollik klubi”ning 3 nafar murabbiyi — Karlos Albert, Manuel Aguado Xil va Ektor Visente tashrif buyurishgan.

Bugun “Bunyodkor” stadionida Real Madrid Foundation Clinic dasturining ochilishi bo‘lib o‘tdi. Ochilish marosimida Milliy olimpiya qo‘mitasi prezidenti va O‘zbekiston futbol assosiasiyasi 1-vise-prezidenti Umid Ahmadjonov, “Real Madrid” klubi murabbiylari va boshqa mutassaddilar ishtirok etishdi.  

Ispaniyalik mutaxassislar O‘FA bilan hamkorlikda yo‘lga qo‘yilayotgan ushbu dastur kelajakda o‘zbek futboliga foydasi tegishiga ishonchlari komil ekanini ta’kidlab, bu borada qo‘llaridan kelgancha yordam berishga tayyor ekanliklarini aytib o‘tishdi.

Ochilish marosimi jajji bolakaylar uchun haqiqiy futbol bayramiga aylanib ketganini ta’kidlab o‘tish zarur. O‘zbekiston futbol assosiasiyasi tomonidan tashkil etilgan quvnoq kuy-qo‘shiqlar, turli shou dasturlari yig‘ilganlarga yuqori kayfiyat baxsh etdi.

"Real Madrid" klubi murabbiylari yurtimizda 16 iyun kuniga amaliy tadbirlar o‘tkazishadi. Tadbirlar davomida bolalar bilan turli master klasslar, nazorat uchrashuvlari, “Summer cup” turniri va boshqa musobaqalar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Manba: the-uff.com
Kiritildi: 20:54, 03.06.2018.
O'qildi: 2975 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик