"Bavariya" klubi va Germaniya terma jamoasi darvozaboni Manuel Noyer tibbiy tekshiruvdan o‘tdi.
8 yarim oyni jarohati sababli o‘tkazib yuborgan posbon shanba kuni Avstriya bilan o‘rtoqlik uchrashuvida (1:2) to‘liq qatnashdi.
Darvozabonni tekshiruvdan o‘tkazgan shifokorlar Noyerning jahon chempionatiga tayyor degan xulosa berdilar.