Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya - Marokash
14/06 06:00 Gaiti - Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya - Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao

Mourinyo “Real”dan yetti nafar futbolchini haydab yuboradi — El Nacional

Mourinyo “Real”dan yetti nafar futbolchini haydab yuboradi — El Nacional

Baho:
+2 | -

2026 yilning yozida “Real”ga qaytishi muhokama qilinayotgan Joze Mourinyo, agar jamoa bosh murabbiyi etib tayinlansa, klubni tark etadigan futbolchilar ro‘yxatini shakllantirib bo‘lgan. Hozirda “Benfika”ni boshqarayotgan portugaliyalik mutaxassis jamoaga “jangovar ruh”ni qaytarish uchun tarkibni tubdan yangilamoqchi.

El Nacional nashri bergan ma’lumotga ko‘ra, “qisqartirish”ga ham faxriylar, ham umidlarni oqlay olmagan futbolchilar tushadi:

David Alaba va Dani Karvaxal: Har ikki himoyachining shartnomasi 2026 yil 30 iyungacha amal qiladi. Klub ularning yoshi, yuqori maoshi va jarohatlarga moyilligi sababli kelishuvni uzaytirmaslikka qaror qilgan.

Eduardu Kamavinga: Fransiyalik futbolchi o‘sishdan to‘xtab qolgani bilan murabbiylar shtabini ranjitgan. Klub uning bozor qiymati yuqoriligida sotib yuborishga tayyor.

Dani Sebalyos va Fran Garsiya: Bu futbolchilar asosiy tarkibdan mustahkam o‘rin egallay olmadi va Mourinyo ularni o‘z loyihasiga kitimaydi.

Brahim Dias: Ayrim yorqin o‘yinlariga qaramay, u barqaror emasligi uchun tanqid qilinmoqda. Avgustda Dias 27 yoshga to‘ladi va u endi istiqbolli aktiv hisoblanmaydi.

Gonsalo Garsiya: Yosh iqtidor yetarli o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmadi va katta ehtimol bilan o‘z o‘rnini jamoaga qaytayotgan Endrikka bo‘shatib beradi.

“Real” prezidenti Florentino Peres sovrinsiz o‘tgan ikki mavsumdan so‘ng Alvaro Arbeloaning o‘rniga Mourinyoni asosiy nomzod sifatida ko‘rmoqda. Jozening “Benfika” bilan shartnomasida 3–6 million yevro atrofidagi tovon puli ko‘rsatilgan bo‘lib, u may oyida faollashtirilishi mumkin. Murabbiyning o‘zi hozircha Portugaliya klubi oldidagi majburiyatlarini ro‘kach qilib, aloqalarni rasman rad etmoqda.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 15:34, 03.05.2026.
O'qildi: 15452 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик