Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/06 06:00 AQSh 4-1 Paragvay
13/06 23:59 Qatar 1-1 Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya 1-1 Marokash
14/06 06:00 Gaiti 0-1 Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya 2-0 Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao
15/06 01:00 Niderlandiya - Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar - Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya - Tunis
15/06 21:00 Ispaniya - Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya - Misr

Ulug‘bek Baqoyev: «Hakamni g‘alaba bilan tabriklash kerak. Bu vaziyatda hakam futbolning ustidan ochiqchasiga kuldi»

Ulug‘bek Baqoyev: «Hakamni g‘alaba bilan tabriklash kerak. Bu vaziyatda hakam futbolning ustidan ochiqchasiga kuldi»

Baho:
+ | -

Superliganing 11-turi doirasida bo‘lib o‘tgan “Buxoro” — “So‘g‘diyona” uchrashuvidan (2:1) so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Ulug‘bek Baqoyev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

— Avvalo “Buxoro”ni g‘alaba bilan tabriklayman. Raqib birinchi bo‘lib gol urdi, shundan keyin bizda ham imkoniyatlar bo‘ldi. Tanaffusga hisobni tenglashtirib chiqishni xohlagandik. Ikkinchi taymda ular yana to‘p kiritdi. Lekin asosiy gap shundaki, “Buxoro” ikkinchi golni urishdan avval raqib o‘yinchisi bizning futbolchimizga jarohat yetkazdi, futbolchimiz maydonga yiqildi, hakam esa qoida buzilganini ko‘rmadi shekilli, o‘yinni davom ettirdi va raqib burchak zarbasiga ega bo‘ldi. Burchak to‘pidan keyin ikkinchi gol kiritildi.

Nima deyishim mumkin, hakamni g‘alaba bilan tabriklash kerak. Bu vaziyatda hakam futbolning ustidan ochiqchasiga kuldi. Har bir jamoa o‘yinlarga tayyorgarlik ko‘radi, mashg‘ulot o‘tkazadi, maydonga tushadi, lekin mana shunday epizodlar chiroyli bo‘lmagan holatni yuzaga keltirmoqda. Hakam go‘yoki shu epizodni ko‘rmadi, lekin bu muhim vaziyat edi. Keyin raqib ikkinchi golni urdi va shundan keyin yengil o‘ynashga o‘tdi. Biz hisobni qisqartirganimiz bilan boshqa to‘p kirita olmadik. Endi Kubok o‘yinlariga hozirlik ko‘ramiz.

— Buxorolik murabbiy sifatida “Buxoro” jamoasining hozirgi o‘yiniga qanday baho berasiz?
— Jamoa kuchga tayangan futbol namoyish etyapti. Maydonga tushgan har bir futbolchi nima qilish kerakligini bilyapti. Bugun ikkita teng kuchli jamoa o‘zaro kurash olib bordi deb o‘ylayman. “Buxoro”ning o‘yini menga yoqyapti.

— Maydonga tushmagan Doriyev haqida nima deya olasiz?
— U chigalyozdi mashg‘ulot payti jarohat oldi, UZI qilganimizdan so‘ng ma’lum bo‘ladi. Keyin nima bo‘lishini ko‘ramiz.

Manba: https://t.me/pfcsogdianauz
Kiritildi: 05:31, 03.05.2026.
O'qildi: 2325 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик