Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/09 00:00 Sevilya 1-0 Valensiya
12/09 17:00 Rasing 2-1 Alaves
12/09 18:00 Jenoa 1-1 Frozinone
12/09 19:00 Bornmut 2-2 Brentford
12/09 19:00 Aston Villa 1-2 Nottingem Forest
12/09 19:00 Chelsi 2-2 Xall Siti
12/09 19:00 Kristal Pelas 2-3 Ipsvich
12/09 19:00 Liverpul 0-0 Fulhem
12/09 19:15 Osasuna 0-2 Espanyol
12/09 21:00 Lasio 2-2 Milan
12/09 21:30 Atletik Bilbao 1-1 Elche
12/09 21:30 Tottenhem 0-0 Everton
12/09 23:45 Atalanta 1-2 Kalyari
13/09 00:00 Real Madrid 4-1 Rayo Valyekano
13/09 00:00 Sanderlend 0-2 Arsenal

O‘FAning «Iftixor» direktori va katta murabbiyini vaziyatni bilmasdan turib chetlatgani haqidagi xabarlar rad etildi

O‘FAning «Iftixor» direktori va katta murabbiyini vaziyatni bilmasdan turib chetlatgani haqidagi xabarlar rad etildi

Baho:
+ | -

Avvalroq Oltiariqning «Iftixor» futbol klubi direktori Ahror Ergashev hamda katta murabbiy Nodir Qo‘ziboyev jamoa futbolchilariga nisbatan tajovuzkor xatti-harakatlari sabab futbol faoliyatidan butunlay chetlashtirilganligi haqida xabar berilgandi.

Keyinroq bir qator OAVlarda O‘FA vaziyatni yaxshi bilmay turib qaror chiqargani borasida xabarlar tarqaldi. PFL bu xabarlarni rad etdi.

Ta’kidlanishicha, «Iftixor» klubi futbolchilari Hasanboy Ergashev hamda Tursunboy Husanov bilan bog‘liq vaziyatdan PFL O‘FA rahbariyatini xabardor qilgan hamda tashkilotning Futbol faoliyatini nazorat qilish boshqarmasining ikki xodimi — Dilshod Saidmurodov hamda Jo‘rabek Sabdarov Farg‘onaga jo‘natilgan.

Ular Farg‘onada birinchi bo‘lib jabrlanuvchi Hasanboy Ergashev bilan uning uyida uchrashgan va bo‘lib o‘tgan voqeaga oydinlik kiritgan. Tursunboy Husanov esa o‘z shahri Shahrixonga jo‘nab ketgani uchun, u bilan suhbat telefon orqali bo‘lib o‘tgan.

Shundan so‘ng O‘FA xodimlari Oltiariq tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi mas’ullari bilan, tuman IIB boshlig‘i, shuningdek, Farg‘ona viloyati hokimi o‘rinbosari bilan suhbatda bo‘lgan. Qayd etilishicha, ayni damda O‘FA Oltiariq tuman IIB mas’ul xodimlari bilan aloqada bo‘lib turibdi.

Farg‘onada O‘FAning ikki vakili «Iftixor» katta murabbiyi Nodir Qo‘ziboyev va klub direktori Ahror Ergashev bilan ham uchrashgan. Ular bo‘lib o‘tgan voqeada ishtirok etganini tan olgan. Ma’lum bo‘lishicha, futbolchilarni Oltiariq tumani chekkasidagi oromgohga telefon orqali Nodir Qo‘ziboyev chaqirtirgan. O‘zboshimcha tazyiqni Ahror Ergashev olib borgan va har ikki futbolchiga tan jarohati yetkazgan.

O‘FA o‘rganishlardan so‘ng «Iftixor»ning har ikki rahbarini futboldan butunlay chetlashtirgan. Endilikda IIB mazkur ish yuzasidan tergov surishtiruv ishlarini davom ettirmoqda, deyiladi xabarda.

Shuningdek, avvalroq «Gazeta.uz» agar futbolchilar klub rahbarlari tomonidan do‘pposlangani o‘z isbotini topsa, Yoshlar ittifoqi «Iftixor»dan voz kechishi mumkinligi haqida yozgan edi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 20:49, 04.06.2018.
O'qildi: 4178 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик