Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul - Lester

Italiya «A» seriyasining joriy mavsumidagi eng e’tiborli 10ta voqea (fotogalereya)

Italiya «A» seriyasining joriy mavsumidagi eng e’tiborli 10ta voqea (fotogalereya)

Baho:
+ | -

Italiya futbolidagi eng yaxshi jihat - deyarli har yili kuzatiladigan jozibali voqealardir. Ayniqsa, so‘nggi mavsum hodisalarga boy tarzda o‘tdi.

Ulardan ayrimlari barchani hayratlantirdi, ba’zi holatlar esa kishiga qayg‘u ulashdi. Mazkur chempionat yakuniga yetgan bir pallada Football.ua yodda qolgan eng e’tiborli 10ta voqeani saralab oldi.

Ular nafaqat «A» seriya, balki butun Italiya futboliga taalluqli.

TO‘PURAR DARVOZABON

«Benevento» chempionat startidagi qatorasiga 14ta uchrashuvda mag‘lubiyatga uchrab, «A» seriya antirekordini qayd etdi. 15-turda «yalmog‘izlar» Jennaro Gattuzo boshchiligidagi «Milan»ni qabul qilishdi. Uchrashuvning asosiy vaqtiga qo‘shib berilgan 5-daqiqa o‘tib borayotganda ham «rossoneri» 2:1 hisobida oldinda borayotgandi.

Mezbonlar 15-mag‘lubiyatdan qutulishga astoydil harakat qilishdi: jarima zarbasi yo‘llanayotgan pallada «Benevento» darvozaboni Alberto Brinyoli ham raqib jarima maydonchasiga yetib bordi. Aynan uning bosh bilan yo‘llagan zarbasidan keyin esa to‘p Donnarumma qo‘riqlayotgan darvozaga borib tushdi - 2:2.

Ushbu voqeani o‘n, yigirma yildan keyin ham eslab yurishsa, ajabmas. E’tiborlisi, Brinyoli «Benevento»ning asosiy darvozaboni hisoblanmasdi. Keyinchalik ushbu jamoa «Milan»ni «San-Siro»da ham yengib, «rossoneri»ning asosiy «kushandasi»ga aylandi.

TEKINXO‘R AKA

Italiya kubogi 1|8 finali doirasidagi uchrashuvda «Milan» fanatlari o‘ziga xos banner ko‘tarib chiqishdi: «Yiliga 6 million dollar va tekinxo‘r aka uchun shartnoma evaziga bizni ruhan ezyapsanmi? Yo‘qol, sabrimiz tugadi!». Ishqibozlarga agenti Mino Rayola yordamida katta maoshli shartnomaga ega bo‘lgan Janluiji Donnarummaning qiliqlari yoqmayotgandi.

 

Jijo bu yozuvni ko‘rib, ko‘z yoshlarini tiya olmadi. «Tekinxo‘r aka» deganda 27 yoshli Antonio Donnarumma nazarda tutilib, u yozgi muzokaralardan so‘ng yiliga 1 million yevrolik maoshga ega bo‘lgandi. Bu summa butun faoliyati davomida «A» seriyada atigi bitta o‘yinda maydonga tushib, asosiy vaqtini Gresiyaning «Asteras» klubida o‘tkazgan kiper uchun ko‘p edi.

Kubokning keyingi bosqichida katta Donnarummani asosiy tarkibda maydonga tushirishdi. Chunki uning ukasi hamda ikkinchi darvozabon Storari jarohat olishgandi. Muxlislar xavotirga tushishdi, chunki raqib kimsan «Inter» edi. Musobaqaning ushbu raundi taqdirini esa bitta o‘yin hal qilardi.

Dastlab xavotirlar bejiz emasdek ko‘rindi: Perishichning zarbasidan so‘ng to‘p Antoning oyog‘iga tegib, darvozadan o‘rin egalladi. Avtogolmi? Yo‘q, VAR tizimi golni hisobga olmadi, Antonio esa u qadar tekinxo‘r emasligini isbotladi. Uchrashuvni «quruq» o‘tkazishdan tashqari, Joau Mariuning zarbasidan so‘ng jamoasini muqarrar goldan qutqardi.

«S» SERIYADAGI HAZILKASHLAR

Mamlakat kubogi bilan bog‘liq yana bir voqea. «Inter» «Milan» bilan to‘qnashishdan avval «S» seriya vakili - «Pordenone»ni musobaqadan chiqarib yuborgandi. Quyi divizion ishtirokchilari «Juzeppe Meassa» stadioniga uyushtiriladigan tashrifga astoydil tayyorlanishgan, klubning «Tvitter»dagi sahifasi esa turli «mem»larga to‘lib ketgandi.

Pordenoneliklar «neradzurri» jarima maydonchasiga mehmon muxlislar joylashgan 30ta avtobus qo‘yilishini ta’kidlashdi, «Pordenone»ni ham PES simulyatoriga qo‘shishni so‘rashdi, jamoa hujumchisi Emanuele Berettonining Mauro Ikardidan ustun ekanligi, argentinalik yulduzdan farqli ravishda, ularning sevimli futbolchilari YECHL o‘yinida qatnashib (2000|2001 yillar mavsumi «Lasio» safida bir bo‘lim o‘ynagan), Intertoto kubogida «Perudja» foydasiga gol urganini eslatib qo‘yishdi.

Autsayderlar darhaqiqat, o‘sha uchrashuvda yomon to‘p surishmadi. 120 daqiqa mobaynida darvozalari daxlsizligini saqlab, faqatgina penaltilar seriyasida imkoniyatni boy berishdi. Bunday natija bilan faxrlanishsa arziydi. Aynan shu kabi bahslar kubok turniriga o‘zgacha joziba bag‘ishlaydi.

MONTELLA CHALLENGE

Vinchenso Montella bu mavsum kulib yurishga odatlandi, vaholanki, bunga sabablari yetarli emasdi. Uning boshchiligidagi «Milan» ajoyib xaridlarga qaramay, ko‘ngildagidek o‘yin ko‘rsatolmadi. Keyinchalik «Sevilya»da ham murabbiyning ishlari qovushmadi.

Yakunda qoniqarsiz ko‘rsatkich bilan kifoyalandi: bir mavsum davomida ikkita turli mamlakat chempionatlaridagi iste’fo. Taassufki, gap Italiyaning kelajagi porloq, shogirdlari bilan yorqin futbol ko‘rsatishga qodir murabbiy haqida bormoqda.

Mazkur holatda Montellaning jahonning eng mashhur klublaridan birini YECHLdan chiqarib yuborgani yupanch bo‘lishi mumkin. Zero «Sevilya» haqiqatan ham «MYU»dan yaxshiroq o‘ynagandi.

BIR G‘ALABA TANTANASI

Neapolliklar bayram qilishni qoyillatishadi. «Napoli» Turinda «Yuventus»ni mag‘lubiyatga uchratib, chempionlik poygasiga qaytganida Italiya janubida haqiqiy festival boshlanib ketdi. Mushakbozlik, qo‘shiqlar, ko‘chalardagi olomon, tungi soat uchda yo‘llardagi tirband­liklar.

Hayajonli damlar. Bularning bariga chempionatdagi bitta o‘yin sabab bo‘lgandi. Tasavvur qiling, «Napoli» 1990 yildan keyin ilk marotaba «skudetto»ni qo‘lga kiritganida, nimalar bo‘lardi? Maurisio Sarri boshchiligidagi jamoa darhaqiqat ajoyib mavsumni o‘tkazdi: 91 ochko - klub rekordi.

Avvalgi ikki mavsumda «Yuventus» xuddi shunchadan ochko to‘plab, bosh sovringa ega chiqqandi. Bu safar turinliklar yanada ko‘proq ter to‘kishlariga to‘g‘ri keldi. «Oltin» yana «byankoneri»ga nasib qildi, «partenopei» esa xalq hurmati bilan cheklandi. «Napoli» tomoshabinlar tashrifidagi o‘rtacha ko‘rsatkich bo‘yicha «Yuve»ni ortda qoldirdi: 43 050ga 39 316.

ENG MUHIM TRANSFER

DAVOMI

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 10:18, 08.06.2018.
O'qildi: 9183 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.