Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Liverpul 3-1 Lester
28/12 00:30 Brayton 0-0 Brentford
28/12 01:15 Arsenal 1-0 Ipsvich
28/12 19:00 Empoli - Jenoa
28/12 19:00 Parma - Monsa
28/12 22:00 Kalyari - Inter
29/12 00:45 Lasio - Atalanta
29/12 16:30 Udineze - Torino
29/12 19:00 Napoli - Venetsiya
29/12 19:30 Lester - Manchester Siti
29/12 20:00 Tottenhem - Vulverhempton
29/12 20:00 Kristal Pelas - Sautgempton
29/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
29/12 20:00 Fulhem - Bornmut
29/12 22:00 Yuventus - Fiorentina
29/12 22:15 Vest Xem - Liverpul

Jozef Blatter: «2 milliard muxlisni adashtirish mumkin emas»

Jozef Blatter: «2 milliard muxlisni adashtirish mumkin emas»

Baho:
+ | -

Jahon futbolida yangi qoidalarni amalga tatbiq etishdan oldin ularning o‘yinning barcha jihatlariga nechog‘li ta’sir qilishi haqida yaxshilab o‘ylab ko‘rish kerak. FIFAning sobiq prezidenti Yozef Blatter xuddi shunday fikrda.

Sobiq futbol funksioneri jumladan, xalqaro taqvimning kengaytirilgani, JCH-2018da videotakror tizimidan foydalanishga qaror qilinganini tanqid ostiga oldi. Uning aytishicha, bunday tajribalarni avvaliga nufuzi pastroq turnirlarda sinab ko‘rish kerak.

Ha, Blatter 2015 yili futbolga bog‘liq har qanday faoliyat turidan uzoq muddatga chetlatilgan bo‘lsada, hamon FIFAdagi o‘zgarishlarni kuzatib bormoqda. Zepp boboni tushunish mum-kin, axir u xalqaro fut-bol ushmasiga naq 17 yil rahbarlik qilgandi.

— Rejaga muvofiq, yaqin orada xalqaro taqvim 2ta yirik turnir hisobiga kengayadi: UYEFA Millatlar Ligasi va FIFA «Sakkizlik finali». Ko‘plab futbolchilar hozirdan tiklanish uchun vaqt qolmasligidan nolimoqdalar. Xo‘sh, yangi turnirlar o‘yin saviyasiga qanday ta’sir o‘tkazishi mumkin?

— Menimcha, futbol taqvimi shundoq ham juda zich. Yangi turnirlarni yuqori saviyada tashkillash uchun tashkilot dunyo hamjamiyatidan bir yilni 500 kunga uzaytirishni so‘rashi kerak.

Tushunarliki, buning iloji yo‘q. Shuning barobarida nafaqat futbolchilar, balki muxlislarni ham o‘ylash kerak. Ortiqcha uchrashuvlar ularga ham katta yuklama bo‘ladi. Boshqacha aytganda, me’yoridan ortiq turnirlar muxlislarni futboldan bezdirishi mumkin. 2 milliard muxlisni adashtirish mumkin emas.

— Klub futboliga kelsak, FIFA bu yo‘nalishda jahon superkubogini yo‘lga   qo‘yishni rejalashtirmoqda. G‘oyaga ko‘ra, unda sayyoramizning eng kuchli klublari o‘zaro bahs olib boradi. Bunday turnirning muxlislarda katta qiziqish uyg‘otishi tayin. Lekin boshqa jamoalarga aks ta’sir qilmasmikan...

— Bu masalada avvalo, moliyaviy imkoniyatlarni chamalash kerak. Zero, talab darajasidagi turnirni tashkillash uchun homiylar va hamkorlardan katta mablag‘ undirish talab etiladi.

Eng tahlikali tomoni - muxlislar o‘yinlar tomoshasidan shunchaki, voz kechishlari hech gap emas. Chunki ketma-ket keladigan turnirlarni kuzatishga vaqt ajratishning imkoni yo‘q. Bu holat futbol va tashkilotga nisbatan e’tiborni pasaytirib yuborishi mumkin.

— Rossiyada tashkillashtiriladigan JCHda ilk bora videotakrorlar tizimi (VAR) amalda qo‘llaniladi. Demakki, hakamlar eng muhim qarorlarni katta bosim ostida qabul qilishga majburlar. Xo‘sh, ushbu yangilik o‘zini oqlaydimi?

— Qo‘shimcha vositalar futbolga ijobiy ta’sir o‘tkazishi mumkinligi haqida ko‘p gapirganman. Lekin ulardan aql bilan foydalanish kerak. Xususan, VAR tizimini birdaniga JCHdek nufuzli turnirda qo‘llash xato hisoblanadi, menimcha.

Chunonchi, ko‘plab futbolchilar xalqaro va ichki turnirlarda bu tizimga hali to‘qnash kelishmagan. Shunday ekan, VARni mundial darajasiga olib chiqishda biroz shoshilishdi, chog‘i. Lekin qaror qabul qilingan va endi natijasini kuzatishdan boshqa ilojimiz yo‘q.

— Autsayder jamoalarning turnir favoritlarini yengishi ko‘pchilikka yoqadi. Biroq ishtirokchilar sonini oshirish o‘tkinchi o‘yinlar ko‘payishiyu, umumiy saviyasi tushib ketishiga olib kelmaydimi? Umuman, 2026 yildan e’tiboran JCH final bosqichida 48ta jamoa ishtirok etishiga munosabatingiz qanday?

— Avvalo, aytish kerak, 48ta jamoani o‘z ichiga olgan format ko‘proq muammolarni yuzaga keltiradi. Ha, mundial doirasining kengayishi Afrika, Osiyo va Shimoliy Amerika mintaqalari futboliga foyda berishi mumkin. Har holda, ularning vakillarida chempionatga chiqish imkoniyati oshadi.

Biroq o‘yin saviyasi ko‘tarilmaydi. Bundan tashqari, guruhda 3 jamoa o‘ynasa, faqat 1ta bahs muxlislarda qiziqish uyg‘otishi mumkin. 1982 yili Ispaniyada bo‘lib o‘tgan jahon chempionatida xuddi shunday formatdan foydalanishga uringanmiz, ammo natija bermagan.

— FIFAning hisob bo‘yicha 8-prezidenti sifatida futbolning hozirgi ko‘rinishi shakllanishiga katta hissa qo‘shgansiz. Sizningcha, mazkur sport turi deylik, yana 50 yildan keyin nechog‘li o‘zgaradi?

— Bilasizmi, 75 yildan buyon futbolni kuzatib kelaman, negaki erta bolaligimdan shu o‘yinga oshuftaman. Aytishim mumkin, shuncha vaqt davomida futbol mohiyati o‘zgarmadi: hamon 11 nafar o‘yinchi 11 nafar raqibiga ikki bo‘lim qarshilik qiladi.

Kelajak haqida esa gapirish juda mushkul. Ammo fikrimcha, 50 yildan keyin ham futbolning asosiy qoidalari o‘zgarishsiz qoladi.

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 18:27, 10.06.2018.
O'qildi: 4193 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.