Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/04 16:30 Brentford - Fulhem
18/04 18:00 Udineze - Parma
18/04 18:00 Neftchi 2-1 Nasaf
18/04 19:00 Lids - Vulverhempton
18/04 19:00 Nyukasl - Bornmut
18/04 19:00 Mash’al 0-1 Xorazm
18/04 20:15 Paxtakor 4-2 Dinamo
18/04 21:00 Napoli - Lasio
18/04 21:30 Tottenhem - Brayton
18/04 23:45 Roma - Atalanta
19/04 00:00 Chelsi - Man. Yunayted
19/04 15:30 Cremonese - Torino
19/04 16:00 So‘g‘diyona - Bunyodkor
19/04 18:00 Verona - Milan
19/04 18:00 Everton - Liverpul
19/04 18:00 Aston Villa - Sanderlend
19/04 18:00 Nottingem Forest - Byornli
19/04 18:15 Qo‘qon-1912 - Andijon
19/04 20:30 Manchester Siti - Arsenal
19/04 21:00 Piza - Jenoa
19/04 23:45 Yuventus - Bolonya
20/04 14:18 Herta 2-0 Ayntraxt Braunshveyg
20/04 14:18 Volfsburg 2-2 Frayburg
20/04 14:18 Mayns 2-0 Nyurnberg
20/04 14:18 Bavariya 5-2 Verder
20/04 14:18 Hoffenhaym 0-0 Ayntraxt F
20/04 14:21 Bayer 2-2 Borussiya D
20/04 23:45 Lechche - Fiorentina
21/04 00:00 Kristal Pelas - Vest Xem

OFK ijroiya qo‘mitasi yig‘ilishiga Toshkent shahri mezbonlik qiladi

OFK ijroiya qo‘mitasi yig‘ilishiga Toshkent shahri mezbonlik qiladi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT

Xabaringiz bor, yana bir necha kundan so‘ng Rossiyada jahon sportidagi eng nufuzli musobaqalaridan biri – futbol bo‘yicha Jahon chempionati start oladi.

Ushbu nufuzli musobaqa oldidan ayni kunlarda jahon futbol amaldorlari, futbol yulduzlari va murabbiylari Rossiya poytaxti Moskva shahrida jam bo‘lishgan.

Shu qatorda, O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi Prezidenti va O‘zbekiston futbol assosiasiyasi birinchi vise-prezidenti Umid Ahmadjonov ham ayni paytda Moskva shahrida bo‘lib turibdi. MOQ rahbari Yaponiyadan to‘g‘ri Moskvaga yetib bordi. Bugun Umid Ahmadjonov u yerda Osiyo futbol konfederasiyasi rahbari Shayx Salmon bin Ibrohim Al Halifa bilan uchrashdi.

Do‘stona ruxda o‘tgan norasmiy uchrashuvda tomonlar 2019 yili Birlashgan Arab Amirliklarida bo‘lib o‘tadigan Osiyo Kubogiga ko‘rilayotgan tayyorgarlik yuzasidan fikr almashishdi. Shuningdek, Shayx Salmon o‘zbek futbolida olib borilayotgan islohotlarni yuqori baholadi va buning uchun Umid Ahmadjonovga minnatdorchilik izhor qildi. Ana shunday yangiliklarni, islohotlarni bundan buyon ham davom ettirilishi tarafdori ekanligini ma’lum qildi.

Uchrashuv davomida Umid Ahmadjonov va Shayx Salmon Osiyo futbol konfederasiyasi ijroiya qo‘mitasi yig‘ilishini shu yilning oktyabr oyida Toshkentda o‘tkazish masalasini ham muhokama qilishdi. Demak, muzokaralar yakuniga ko‘ra navbatdagi muhim yig‘ilishga Toshkent shahri mezbonlik qiladigan bo‘ldi.

Ma’lumot uchun, Umid Ahmadjonov 12-13 iyun kunlari bo‘lib o‘tadigan FIFA Kongressida ishtirok etadi. Shuningdek, 14 iyun kuni Jahon chempionatining ochilish o‘yini – Rossiya hamda Saudiya Arabistoni terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvni «Lujniki» stadionidagi martabali mehmonlar lojasidan kuzatib boradi.

Manba: www.olympic.uz
Kiritildi: 20:48, 10.06.2018.
O'qildi: 2447 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик