Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

Pepsi Superliga: «Navbahor» «Qo‘qon-1912»ni yirik hisobda taslim etdi

Pepsi Superliga: «Navbahor» «Qo‘qon-1912»ni yirik hisobda taslim etdi

Baho:
+ | -1

Bugun Pepsi Superliganing 15-turiga start berildi. Unda mezbon jamoa – “Navbahor” “Qo‘qon-1912” darvozasiga javobsiz uchta gol urib muhim g‘alabaga erishdi.

O‘yin haqida keladigan bo‘lsak, vodiy derbilari har doim shiddatli va keskin kurashlar ostida o‘tib kelgan. Bu galgi “derbi” ham oldingilaridan aslo qolishmadi.

Har ikki jamoa ham ilk daqiqalardan oldinga tashlandi. 4-daqiqada himoyachi va darvozabonning xatosidan keyin Ilhom Boydadayev hisobni ochdi. 19-daqiqada endi Azamat Allaniyozov o‘z imkoniyatdan foydanalib, hisobni 2:0ga yetkazdi. Ikkinchi goldan keyin mehmonlar murabbiyi yetakchi Javohir Sidiqovni maydonga  tushirishga qaror qildi.

Natijada o‘yin biroz jonlandi. 32-daqiqada Sulaymonovning bosh bilan darvozaga yo‘llagan zarbasiga aniqlik yetishmadi. 36-daqiqada yana o‘sha Sulaymonov qulay imkoniyatdan foydalana olmadi. Uning zarbasidan keyin to‘pni darvozabon ushlab oldi. Tanaffusga jamoalar shu hisobda chiqib ketishdi.

Ikkinchi bo‘limni namanganliklar shiddatli tarzda boshladi. Bo‘limning dastlabki o‘n daqiqasida O‘tkir Yusupov bir necha marta “Qo‘qon-1912”ni muqarrar gollardan saqlab qoldi. 75-daqiqada himoyachi va darvozabonning qo‘pol xatosi evaziga Ro‘zimboy Ahmedovning goli bilan yakunlandi.

Qolgan daqiqalarda futbolchilarimiz raqib oldida hech narsa qila olishmadi. Natijada vodiy derbisida yirik hisobda mag‘lubiyatga uchrashdi.

Repsi Superliga. 15-tur.

“Navbahor” – “Qo‘qon-1912” 3:0.

Gollar: Ilhom Boydadayev (4), Azamat Allaniyozov (19), Ro‘zimboy Ahmedov (75).

“Navbahor”: 1. Botirali Ergashev, 6. Oston O‘runov, 8. Ayubxon No‘’monov, 14. Ilhom Boydadayev (11. Zoxir Pirimov-73), 15. Azamat Allaniyozov (12. Nenad Inas-80), 17. Sardor Sulaymonov (22. Ro‘zimboy Ahmedov-63), 19. Mirzoid G‘ofurov, 21. A’zam Aliyev, 24. Davron Hoshimov, 32. Jahongir Mehmonov, 44. Darko Stanoyevich.

“Qo‘qon-1912”: 1. O‘tkir Yusupov, 4. Bahodir Akramov, 5. G‘iyos Komilov (15. Oybek Rustamov-61), 7. Jamshid Hasanov, 14. Avaz Mamatxo‘jayev (10. Javohir Sidiqov-24), 17. Quvondiq Ro‘ziyev (9. Nosir Otaqo‘ziyev-46), 18. Bahodir Pardayev, 19. Suhrob Berdiyev, 22. Murod Xolmuhammedov, 55. Darko Gojkovich, 65. Marko Milich.

Manba: www.kokand1912.uz
Kiritildi: 21:11, 10.06.2018.
O'qildi: 4367 marta.
Fikrlar: 12 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.