Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/05 00:00 Everton 3-3 Manchester Siti
05/05 00:00 Sevilya 1-0 Real Sosyedad
05/05 23:59 Arsenal 1-0 Atletiko
06/05 23:59 Bavariya - PSJ

Zinedin Zidan kelajakdagi rejalari haqida ma’lum qildi

Zinedin Zidan kelajakdagi rejalari haqida ma’lum qildi

Baho:
+ | -

«Real» klubi sobiq bosh murabbiyi, Fransiya termasi bilan Jahon va Yevropa chempionligini qo‘lga kiritgan Zinedin Zidan hozircha milliy terma jamoada ishlamoqchi emasligini ma’lum qildi. Bu haqda L’Equipe nashri xabar bermoqda.

Hozir eng muhimi Fransiya terma jamoasini Jahon Chempionatida qo‘llab-quvvatlash. Terma jamoani boshqarish haqida esa o‘ylayotganim yo‘q. Hozircha biroz tanaffuz qilib, o‘zimga kelib olishim kerak. Terma jamoaga muxlislik qilib, uning Jahon Chempionatidagi ikkinchi sovrinini qo‘lga kiritishini istayman.

Fransiya termasini ayni paytda Zidan bilan birga 1998 yilda​ Jahon chempionligini qo‘lga kiritgan sheriklaridan biri Didye Desham boshqarmoqda.

Fransiya futbol federasiyasining prezidenti Noel Le Gre Zidanning kelajakda terma jamoaga boshqaruviga kelishini inkor etmadi, ammo bu holat Deshamning shartnoma muddati yakuniga yetadigan 2020 yildan oldin yuz bermasligini ta’kidladi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 14:26, 12.06.2018.
O'qildi: 9459 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик