Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/06 01:00 Niderlandiya 2-2 Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar 1-0 Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya 5-1 Tunis
15/06 21:00 Ispaniya 0-0 Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya 1-1 Misr
16/06 03:00 Saudiya Arabistoni - Urugvay
16/06 06:00 Eron - Yangi Zelandiya
16/06 23:59 Fransiya - Senegal
17/06 03:00 Iroq - Norvegiya
17/06 06:00 Argentina - Jazoir
17/06 09:00 Avstriya - Iordaniya
17/06 22:00 Portugaliya - Kongo DR

Alvares «Atletiko» va «Barselona» o‘rtasida tanlov qildi

Alvares «Atletiko» va «Barselona» o‘rtasida tanlov qildi

Baho:
+-1 | -

Hujumchi Xulian Alvares kelajagi borasida bir qarorga keldi. Marca nashri xabariga ko‘ra, argentinalik futbolchi «Atletiko» bilan yangi shartnoma imzolamoqchi emas, vaholanki bu kelishuv uni jamoaning eng ko‘p maosh oluvchi o‘yinchisiga aylantirishi mumkin edi.

Alvaresning maqsadi — «Barselona»ga o‘tish. Futbolchini «Atletiko»da asosiy yulduz bo‘lib qolishdan ko‘ra, «ko‘k-anorranglilar» safida Lamin Yamal, Rafinya va boshqalarga sherik bo‘lish fikri ko‘proq o‘ziga jalb qilmoqda. Xulian «Atletiko» taklif qilayotgan loyihadan ko‘ra ambisiyaliroq loyihaga qo‘shilishni istaydi. Alvares «Barselona» bilan sovrinlar yutish imkoniyati yuqoriroq deb hisoblamoqda.

Shunga qaramay, Alvaresning «Atletiko»dan «Barselona»ga ehtimoliy transferi oson kechmaydi. Madrid klubi hujumchi uchun kamida 150 million yevro talab qiladi. «Matraschilar» kataloniyaliklarning bunday summani to‘lashga qurbi yetishiga ishonishmayapti. Aynan shu omil «Atletiko»ga 26 yoshli forvardni jamoada saqlab qolish imkonini berishi mumkin.

Kiritildi: 20:59, 25.05.2026.
O'qildi: 6289 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик