Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/05 00:30 Almeriya 0-2 Barselona
17/05 01:00 Real Sosyedad 1-0 Valensiya
17/05 23:45 Fiorentina 2-2 Napoli
18/05 21:00 Lechche - Atalanta
18/05 23:45 Torino - Milan
19/05 00:00 Alaves - Xetafe
19/05 15:30 Sassuolo - Kalyari
19/05 18:00 Monsa - Frozinone
19/05 18:00 Udineze - Empoli
19/05 20:00 Manchester Siti - Vest Xem
19/05 20:00 Sheffild Yunayted - Tottenhem
19/05 20:00 Arsenal - Everton
19/05 20:00 Brentford - Nyukasl
19/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
19/05 20:00 Byornli - Nottingem Forest
19/05 20:00 Chelsi - Bornmut
19/05 20:00 Kristal Pelas - Aston Villa
19/05 20:00 Liverpul - Vulverhempton
19/05 20:00 Luton - Fulhem
19/05 21:00 Inter - Lasio
19/05 22:00 Valensiya - Jirona
19/05 22:00 Vilyarreal - Real Madrid
19/05 22:00 Atletik Bilbao - Sevilya
19/05 22:00 Atletiko - Osasuna
19/05 22:00 Barselona - Rayo Valyekano
19/05 22:00 Betis - Real Sosyedad
19/05 22:00 Kadis - Las-Palmas
19/05 22:00 Malyorka - Almeriya
19/05 22:00 Granada - Selta
19/05 23:45 Roma - Jenoa
20/05 00:00 Loryan - Klermon
20/05 00:00 Monako - Nant
20/05 00:00 Lill - Nissa
20/05 00:00 Lion - Strasbur
20/05 00:00 Reyms - Renn
20/05 00:00 Lans - Monpelye
20/05 00:00 Tuluza - Brest
20/05 00:00 Gavr - Marsel
20/05 00:00 Mets - PSJ

O‘zbekistonda Olimpiya kuniga katta tayyorgarlik ko‘rilmoqda

O‘zbekistonda Olimpiya kuniga katta tayyorgarlik ko‘rilmoqda

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Har yili 23 iyun kuni dunyo bo‘ylab Xalqaro Olimpiya kuni (International Olympic Day) keng nishonlanadi. Sizga shuni mamnuniyat bilan ma’lum qilamizki, o‘sha kuni O‘zbekistonda ham ushbu sanani munosib nishonlash rejalashtirilgan va buning uchun ayni paytda katta tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.

Milliy olimpiya qo‘mitasi ushbu tadbirni qay tarzda tashkil etmoqchi? Shu haqida qisqacha ma’lumot berib o‘tsak. Rejaga binoan, kunning birinchi yarmida an’anaviy marafon va yengil atletika bo‘yicha musobaqa uyushtiriladi. Kechki payt esa «Milliy» (sobiq «Bunyodkor») stadionida bo‘lib o‘tadigan bayramda sportchilar va san’atkorlar ishtirokida turli ko‘rgazmali chiqishlar tashkil etiladi.

O‘sha kuni Sizni ko‘plab kutilmagan sovg‘alar kutib turibdi. Mazkur sport bayramiga 30 000dan ortiq mehmon tashrif buyurishi kutilmoqda. Stadionda gimnastika, tennis, velosport, boks, qilichbozlik, yakkakurashlar hamda yengil atletika ustalari o‘z mahoratlarini yig‘ilganlarga namoyish etadilar. Tadbirning asosiy qismida shou-biznes yulduzlari va ZO’R TV telekanali boshlovchilari o‘rtasidagi futbol o‘yini tashkil qilinadi. Bir so‘z bilan aytganda 23 iyun kuni Sizni ajoyib sport bayrami kutib turibdi.

Shu kuni mamlakatimizning eng ko‘rkam va muhtasham sport arenasiga eng kichik yoshdagi sport ixlosmandlaridan tortib, faxriylarimiz ham tashrif buyurishlari mumkin. Tadbirni tashkil etishdan ko‘zlangan asosiy maqsad esa axoli orasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, turli avlod vakillarini jismoniy tarbiya va sportga qiziqtirishdir. Shunday ekan, Siz azizlar uchun tashkil qilinadigan ushbu sport bayramidan bebahra qolib ketmang. Sizni 23 iyun kuni «Milliy» stadionida kutib qolamiz.

Nima uchun Xalqaro olimpiya kuni aynan 23 iyun kuni nishonlanadi? Buning o‘ziga yarasha tarixi bor. 1894 yilning iyunida Parijda 12 mamlakat vakillari ishtirokida jismoniy tarbiya yo‘nalishida yuzaga kelgan muammolar bo‘yicha xalqaro Kongress o‘tkaziladi. 23 iyun kuni esa Olimpiya harakati tashabbuskori baron Pyer de Kuberten ma’ruza qiladi. Unda Kuberten delegatlarni Olimpiya o‘yinlarini zamonaviy tarzda tashkil qilish bo‘yicha ishlab chiqilgan reja bilan tanishtiradi. Shuningdek, Olimpiya o‘yinlarini qayta tiklab, uni har to‘rt yilda o‘tkazish va musobaqalarga barcha xalqlarni taklif qilish g‘oyasini ilgari suradi. Kongress uning taklifini qabul qiladi va 1894 yil 23 iyun kuni Xalqaro Olimpiya qo‘mitasiga rasman asos solinadi. Shu munosabat bilan Xalqaro olimpiya kuni 23 iyun sanasiga belgilangan.

Manba: olympic.uz
Kiritildi: 10:02, 16.06.2018.
O'qildi: 2290 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.