Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma 1-0 Sassuolo
24/05 20:00 Brayton 0-3 Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli 1-1 Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas 1-2 Arsenal
24/05 20:00 Fulhem 2-0 Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul 1-1 Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti 1-2 Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest 1-1 Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend 2-1 Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem 1-0 Everton
24/05 20:00 Vest Xem 3-0 Lids
24/05 21:00 Napoli 1-0 Udineze
24/05 23:45 Verona 0-2 Roma
24/05 23:45 Cremonese 1-4 Komo
24/05 23:45 Lechche 1-0 Jenoa
24/05 23:45 Milan 1-2 Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal 5-1 Atletiko
25/05 00:45 Torino 2-2 Yuventus

JCH-2018. Rossiya ikkinchi o‘yinda ham g‘alaba qozondi

JCH-2018. Rossiya ikkinchi o‘yinda ham g‘alaba qozondi

Baho:
+ | -

JCH-2018 mezboni — Rossiya terma jamoasi muddatidan avval pley-off yo‘llanmasini qo‘lga kiritishga juda yaqin turibdi. Ikkinchi turni ochib beruvchi bahsda ruslar Misrga qarshi bahs olib borib, ishonchli tarzda g‘alaba qozondi.

Birinchi bo‘limda har ikkala jamoa juda katta kuch sarfladi. Saloh boshchiligidagi misrliklar raqib himoyasini ancha qiynadi. Ayniqsa, tanaffus yaqin Muhammad jarima maydonchasi chizig‘i ustidan xavfli zarba yo‘llashga muvaffaq bo‘ldi. Rossiyaliklar baxtiga to‘p ustun yonidan o‘tib ketdi.

Ikkinchi bo‘limning starti esa Misr termasi uchun muvaffaqiyatsiz keldi. Dzyuba olis masofadan darvoza tomon unchalik kuchli bo‘lmagan zarba berdi, to‘p esa Fathiyning oyog‘iga tegib, to‘rga borib tushdi — 1:0.

Bu gol ruslarda o‘ziga bo‘lgan ishonchni oshirib yubordi. Natijada bahsning 59 va 62-daqiqalarda mezbonlar ikkita gol urib, amalda o‘yin taqdirini hal qilib qo‘yishdi. Dastlab Mario Fernandes o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga kirib, 11 metrli nuqta atrofiga uzatma berdi. Cherishevning zarba yo‘llashiga hech kim xalal bermadi — 2:0.

Oradan 3 daqiqa o‘tib Kutepev yuqoridan raqib jarima maydonchasiga uzatma berdi. Artyom Dzyuba to‘pni ko‘kragi bilan o‘ziga bo‘ysindirdi, bir himoyachini aldab o‘tdi va aniq zarba bilan hisobni 3:0ga yetkazdi.

O‘yin tugashiga 17 daqiqa qolganida paragvaylik hakam Rossiya darvozasi tomon dastlab jarima maydonchasi tashqarisida jarima zarbasi belgiladi. Keyin esa videotakrorlar bo‘yicha mutaxassislarning yordami bilan qarorni penaltiga o‘zgartirdi. Muhammad Saloh jahon chempionatidagi dastlabki golini urishga muvaffaq bo‘ldi.

Misrning boshqasiga kuchi yetmadi. Rossiya terma jamoasi esa o‘z ochkolarini 6taga yetkazib, nimchorak final yo‘llanmasini deyarli hal qilib qo‘ydi.

JCH-2018. "A" guruhi, 2-tur
Rossiya – Misr 3:1 (0:0, 3:1)
Gollar: 1:0 – 47, avtogol Fathiy, 2:0 – 59 Cherishev, 3:0 – 62 Dzyuba, 3:1 – 73, penalti Salax.
Rossiya – Akinfeev, Fernandes, Kutepov, Ignashevich, Jirkov (Kudryashov, 86), Gazinskiy, Zobnin, Samedov, Golovin, Cherishev (Kuzyayev, 74), Dzyuba (Smolov, 79).
Misr  – El-SHenaviy, Fathiy, Gabr, Xegaziy, Abdel-SHafiy, El-Nenni (Uarda, 64), Hamid, Muhammad Saloh, El-Said, Trezege (Sobxi, 68), Muxsin (Kaxraba, 82).
Ogohlantirishlar: Trezege (57), Smolov (84).

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 00:51, 20.06.2018.
O'qildi: 7079 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик