Misr terma jamoasi bosh murabbiyi Ektor Kuper Jahon chempionatidan keyin o‘z lavozimini tark etadi. Bu haqda "Al-Vatan" nashri xabar tarqatdi.
Avvalroq mutaxassisning o‘zi mamlakat futbol rahbariyati talab qilsa, jamoani tark etishga tayyorligini ma’lum qilgandi. Saudiya Arabistoniga qarshi bahsdan keyin Kuperning iste’fosi e’lon qilinadi. Jahon chempionatining dastlabki 2 turidan keyin misrliklar hisobida ochko mavjud emas.