Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

Argentina?! Bu – baribir Argentina!

Argentina?! Bu – baribir Argentina!

Baho:
+6 | -

Rossiya yashil maydonlarida kechayotgan shiddatli o‘yinlarni kuzata turib shuni sezdimki, hamma futbol o‘ynashni o‘rganib boryapti. Taxminimcha, yana 3 yillardan so‘ng deyarli autsayder termalar qolmasa ham kerak. Lekin meni hammasidan ham grandlarning qiyin o‘tkazayotgan o‘yinlaridan taajjubdaman.

Barchasidan ham Argentinaning oqsayotgani meni hayratlantirdi. Lekin bu shunchaki nisbiylik xolos. Ularning haqiqiy kuchini hali ko‘rganimizcha yo‘q. Sezgan bo‘lsangiz, xorvatlar bilan bo‘lgan o‘yinda ham golgacha juda ishonchli o‘yin ko‘rsatishayotgandi. Lekin qo‘pol xato hammasini o‘zgartirib yubordi. Qolgani o‘z-o‘zidan kela boshladi...

Mayli, bugun bu haqida emas, hamamizni qiynagan boshqa savolga javob izlashga harakat qilamiz. Xo‘sh, Argentinaning bor kuchi shumi? Qiziq savol-a? Hozir maqolani o‘qiyotganlarning deyarli 80 foizi «ha»deb ichida javob berishga ulgurdi.

Men esa unday fikrda emasman. To‘g‘ri, ichki nizolar hozir ularda avjiga chiqqandir, to‘g‘ri, murabbiy va Messining o‘zaro nizolari kiyinish xonasidan tortib, biz jurnalistlarning qulog‘igacha eshitilayotgandir, hatto Argentina 3-turda maydonga murabbiysiz chiqishi ham mumkin bo‘lib turgan bir paytda ham bu jamoa — Argentina!

Mayli, hozir Maradonasiz qolgan bo‘lsin, mayli hozir Batistutadek hujumchisi bo‘lmasin, lekin bu jamoa shunday afsonalarni bizga yetkazgan yurtning terma jamaosi. Ularni hurmat qilmaslik, menimcha, xato bo‘ladi. Mundialni bu qadar ommalashishida nafaqat mundialni, balki futbolning milliardlar o‘yini bo‘lishida ham bu jamoaning o‘ziga xos ulushi bor. Shu ulush haqi men bu jamoaga 3-turning so‘nggi soniyalaragicha muxlislik qilaman. Agar Argentina guruh to‘sig‘idan o‘ta olsa, unda ular finalgacha bora oladilar. Chunki ularda Maradonna singari yetakchilardan qolgan g‘oliblik ruhi bor. Faqat buni namoyon eta olsalar bas!

Yahyoxo‘ja ULUG‘XO‘JAYEV

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 12:22, 24.06.2018.
O'qildi: 8189 marta.
Fikrlar: 17 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.