Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

«Xorazm» Nukusdan yirik g‘alaba bilan qaytdi

«Xorazm» Nukusdan yirik g‘alaba bilan qaytdi

Baho:
+ | -

Pro-liga 17-turida «Xorazm» klubi safarda «Orol» bilan bellashdi.

Nukus shahrida o‘tgan Amudaryo derbisi har doimgidek keskin va murosasiz kurashlarga boy bo‘ldi, deb xabar beradi «Xorazm» klubi muxlislari telegram kanali.

Birinchi bo‘lim teng kurashlar ostida o‘tdi. «Xorazm» klubi xavfli vaziyatlarni ko‘proq yaratdi. Ammo nukusliklar darvozaboni va himoyachilari xatoga yo‘l qo‘yishmadi.

Ikkinchi bo‘limda o‘yin surati biroz oshdi. «Xorazm» qarshi hujumlarda samarali o‘ynab, raqib himoyachilarining xatolaridan unumli foydalanib qoldi.

62-daqiqada Kadamboy Nurmetov darvozabon bilan yuzma-yuz chiqib, to‘pni uning ustidan oshirib darvozaga kiritdi va hisobni ochdi. 68-daqiqada Muhammadqodir Rahimberganov burchak zarbasini qoyilmaqom tarzda amalga oshirib, to‘pni to‘g‘ri darvozaga yo‘llashga erishdi. Oradan 5 daqiqa o‘tgach Sardor Matmuratov darvozabon bilan yakkama-yakka qolgan vaziyatda uni dog‘da qoldirishga muvaffaq bo‘ldi. Qolgan daqiqalarda ham bir qancha xavfli vaziyatlar yuzaga kelgan bo‘lsa-da, darvozalarga boshqa to‘p kiritilmadi.

Qayd qilish joizki, shu kuni «Xorazm» klubini qo‘llab-quvvatlash uchun Nukus shahriga 40 nafardan ortiq xorazmlik muxlislar yetib borishdi. Ular o‘yindan so‘ng jamoa futbolchilarini olqishlar bilan kuzatib qolishdi.

Bu natijadan so‘ng, «Xorazm» musobaqa jadvalida 19 ochko bilan 5-o‘rinni egallab turibdi. «Orol» 9 ochko bilan so‘nggi o‘rinda bormoqda.

Pro-liga, 17-tur
25 iyun (dushanba)
Nukus, «Turon» stadioni
OROL (Nukus) - XORAZM (Urganch) - 0:3
Gollar: Qadamboy Nurmetov 62, Muhammadqodir Rahimberganov 68, Sardor Matmuratov 73

Manba: Хоразм ФК мухлислари
Kiritildi: 23:46, 25.06.2018.
O'qildi: 2809 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.