Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/03 01:00 Tottenhem 1-3 Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor 1-2 Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona 0-2 Nasaf
06/03 19:30 Xorazm 1-0 OKMK
07/03 00:45 Napoli 2-1 Torino
07/03 01:00 Selta 1-2 Real Madrid
07/03 18:00 Osasuna - Malyorka
07/03 19:00 Kalyari - Komo
07/03 20:15 Levante - Jirona
07/03 22:00 Atalanta - Udineze
07/03 22:30 Atletiko - Real Sosyedad
08/03 00:45 Yuventus - Piza
08/03 01:00 Atletik Bilbao - Barselona
08/03 16:30 Lechche - Cremonese
08/03 18:00 Vilyarreal - Elche
08/03 19:00 Bolonya - Verona
08/03 19:00 Fiorentina - Parma
08/03 20:15 Xetafe - Betis
08/03 22:00 Jenoa - Roma
08/03 22:30 Sevilya - Rayo Valyekano

Pro-liga. «Xorazm» yirik hisobda «Sho‘rtan»ni yengdi

Pro-liga. «Xorazm» yirik hisobda «Sho‘rtan»ni yengdi

Baho:
+ | -

Pro-liga 18-turida Urganchning «Xorazm» klubi o‘z maydonida G‘uzorning «Sho‘rtan» jamoasini qabul qildi.

O‘yin mezbonlarning to‘liq ustunligi ostida o‘tib, irodali, yirik hisobdagi g‘alabasi bilan tugadi.

Hisob 15-daqiqada mehmonlar tomonidan ochildi. Xavfli jarima zarbasidan so‘ng, Xolto‘rayev to‘pni darvozaga kiritishga erishdi. Biroq, g‘uzorliklarning quvonchi uzoqqa cho‘zilmadi. Oradan 2 daqiqa o‘tgach, Mirjalol Qurbonov uzoq masofadan juda chiroyli zarba yo‘llab, to‘pni darvozaning yuqori burchagiga kiritdi. Yana 2 daqiqadan so‘ng, Farruh Haydarov jarima maydoni chizig‘idan aniq zarba yo‘llab, darvozabonni dog‘da qoldirdi.

«Xorazm» klubining tezkor ikkita goli mehmonlarni esankiratib qo‘ydi. Natijada, ular o‘zlarini o‘nglay olmadilar. Bo‘lim oxirida esa Qadamboy Nurmetov yana ikkita gol urib, hisobni yirik ko‘rinishga keltirdi. 69-daqiqada, zaxiradan maydonga tushgan Sardor Matmuratov jarima maydonida himoyachilarni aldab o‘tib, jamoasining 5-to‘pini darvozaga yo‘lladi.

O‘yin davomida «Xorazm» klubini chiroyli tarzda qo‘llab-quvvatlab turgan muxlislar, bellashuv tugagach, futbolchilarni olqishlar bilan kuzatib qolishdi.

Bu natijadan so‘ng, «Xorazm» 22 ochko bilan 5-o‘rinni egallab turibdi. «Sho‘rtan» 11 ochko bilan 8-o‘rinda bormoqda.

Pro-Liga, 18-tur
29 iyun, Urganch, «Yoshlik» sport majmuasi, 925 tomoshabin
XORAZM (Urganch) - SHO‘RTAN (G‘uzor) 5:1 (4:1, 1:0)
Gollar: Mirjalol Qurbonov (17), Farruh Haydarov (20), Qadamboy Nurmetov (42, 45+1), Sardor Matmuratov (69) - Xolto‘rayev (15)

Manba: "Хоразм" футбол клуби
Kiritildi: 22:05, 29.06.2018.
O'qildi: 4593 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.