Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

Xushxabar! Karatechimiz Buenos-Ayresdagi o‘smirlar Olimpiadasiga lisenziya qo‘lga kiritdi

Xushxabar! Karatechimiz Buenos-Ayresdagi o‘smirlar Olimpiadasiga lisenziya qo‘lga kiritdi

Baho:
+ | -

29-30 iyun kunlari Xorvatiyaning Umag shahrida karate bo‘yicha Buenos-Ayresdagi o‘smirlar Olimpiya o‘yinlariga lisenziya beruvchi musobaqa bo‘lib o‘tdi. Unda 84 mamlakatdan 325 nafarga yaqin sportchi ishtirok etdi.

Bahslarda terma jamoamiz sharafini Dildor Aliqulova (-53kg), Bonu Egamberdiyeva (-59kg), Shoxrux Tursunmaxammatov (-61kg), Saidislom Jo‘rayev (-68kg), Shaxzodjon Boymuxammedov (+68 kg) kabi sportchilar himoya qilishdi.

Qayd etish lozimki, musobaqa terma jamoamiz uchun omadli keldi. Ushbu yosh toifasidagi sportchilarimiz Osiyo chempionatida ko‘ngildagidek natijani qayd eta olishmagandi. Buni qarangki, Xorvatiyadagi lisenzion musobaqada o‘zbek sportchisi o‘ziga yuklatilgan vazifani bajara oldi. -53 kg vazn toifasida musobaqada ishtirok etgan yurtdoshimiz Dildor Aliqulova musobaqa davomida Belgiya (6:1), Chexiya (0:0, hakamlar qaroriga ko‘ra), Ozarbayjon (4:0) kabi mamlakat vakillarini mag‘lubiyatga uchratib, yarim finalga yo‘l oldi. Final yo‘llanmasi uchun kechgan qiyin bahsda u Buyuk Britaniya vakilasini mag‘lub etdi (4:3) va final chiptasini qo‘lga kiritish bilan birga, Argentinada bo‘lib o‘tadigan o‘smirlar Olimpiya o‘yinlari lisenziyasi sohibasiga ham aylandi. Finalda eronlik raqibga qarshi kechgan jangda u 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi.

Shu tariqa sportchimiz lisenzion musobaqaning kumush medali sohibasiga aylandi.

Ma’lumot uchun, ushbu musobaqada birinchi va ikkinchi o‘rin sohiblari Buenos-Ayres yo‘llanmasini qo‘lga kiritadilar.

Milliy olimpiya qo‘mitasi ushbu muvaffaqiyat bilan O‘zbekiston karate Milliy federasiyasini, shuningdek, sportchi va murabbiylarimizni tabriklaydi va Argentinadagi Olimpiya o‘yinlarida omad tilaydi.

Shu tariqa, Argentina Olimpiadasiga yo‘llanmalarimiz soni 24taga yetdi. Bugungi kunga kelib III yozgi o‘smirlar Olimpiya o‘yinlari uchun terma jamoamiz hisobida quyidagi sport turlarida lisenziyalar mavjud:

Sport kurashlari – 5ta
Og‘ir atletika – 3 ta
Baydarka va kanoeda eshkak eshish – 3 ta
Akademik eshkak eshish – 3 ta
Sport gimnastikasi – 2 ta
Sport akrobatikasi – 2 ta
Trampolin - 1
Badiiy gimnastika – 1 ta
Ot sporti (konkur) – 1 ta
Taekvondo – 1 ta
Boks – 1 ta
Karate – 1 ta.

Eslatib o‘tamiz, III yozgi o‘smirlar Olimpiya o‘yinlari 6-18 oktyabr kunlari Argentinaning Buenos-Ayres shahrida bo‘lib o‘tadi.

Manba: www.olympic.uz
Kiritildi: 11:45, 01.07.2018.
O'qildi: 2352 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.