Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted

Kubok uyga qaytadimi? Oxirgi favorit jangga chiqadi

Kubok uyga qaytadimi? Oxirgi favorit jangga chiqadi

Baho:
+ | -

Garet Sautgeyt jamoasi kutilmaganda turnirning asosiy favoritlaridan biriga aylandi.

Pley-off orzusi

Jahon chempionati arafasida angliyalik muxlislarning o‘zi ham terma jamoa muvaffaqiyatiga ishonishmayotgandi. Bukmekerlar esa Garet Sautgeyt jamoasini chempionlik uchun da’vogarlar qatorida yettinchi yoki sakkizinchi o‘rinlarda qayd etishayotgandi. Ammo endi barchasi o‘zgardi.

Guruh bosqichining oxirgi turida Angliya va Belgiya o‘zaro o‘ynadi. Inglizlar ham, belgiyaliklar ham pley-off setkasida qanday jamoalar ro‘baru kelishidan xabardor bo‘lgan holda maydonga tushishdi. Uchinchi turgacha ikki jamoa ham nimchorak final masalasini hal qilib bo‘lgandi, faqat pley-offga kim ikkinchi o‘rin bilan chiqishiga aniqlik kiritish qolgandi.

Shunday vaziyat yuzaga kelgandiki, guruhdan birinchi o‘rin bilan chiqqan jamoa yo‘lida Braziliya, Argentina, Fransiya, Urugvay va Portugaliya kabi kuchli jamoalar chiqishi mumkin edi, ikkinchi o‘rindagi jamoa yo‘lida birmuncha osonroq raqiblar - Ispaniya, Xorvatiya, Shvesiya, Kolumbiya...

Belgiya va Angliya o‘yinning katta qismini yurib o‘tkazdi, lekin ikkinchi bo‘limda Yanuzay inglizlar darvozasini ishg‘ol qilib qo‘ydi. Ko‘rinishidan inglizlar mag‘lubiyatdan xursand edi. «Kolumbiyami? Ha, bu qiyin raqib bo‘lmaydi. Bu jamoa pley-offga bazo‘r chiqqan», dedi o‘yindan keyin Gari Keyxill.

Ikkinchi o‘rin bilan chiqqan Angliyada yana bir ustunlik paydo bo‘ldi. Bu yo‘lakdagi jamoa finalgacha o‘yinlarni bir-biriga yaqin bo‘lgan Moskva, Samara va Moskvada o‘tkazishi mumkin. Guruh g‘olibi esa Rostov, Qozon va Sankt-Peterburgga parvoz qilishiga to‘g‘ri kelardi.

Orolliklar sovrin kutishmoqda
Pley-off setkasidagi yengillik ingliz fanatlarida kelajakka ishonch uyg‘otdi. Ular avvallari faqatgina Keyn boshchiligidagi yangi avlod finalga qadar yetib borish salohiyatiga ega ekani haqida pichirlashgan bo‘lsa, endilikda «Kubok uyga qaytadi!» (It’s coming home) deya hayqirishmoqda.

Angliyaliklar barchasiga 1966 yilni parallel qilishadi.

1966 yili «Real» Yevropaning eng yaxshi klubi bo‘lgandi, «Byornli» yevrokuboklarga yo‘llanma olgandi, «Chelsi» Angliya chempionatida beshinchi o‘rinni egallagandi. 2017/18 yilgi mavsum ham shunday yakunlandi.

Tvitterda absurd hazillar paydo bo‘ldi: «1996 yildagi kabi gazon yashil. Kubok uyga qaytadi!». Kimdir arifmetika bilan mashg‘ul: «2018-1966=52, 5+2=7. Jahon chempionati finalchisi yetti o‘yin o‘tkazadi. Kubok uyga qaytadi!».

Minalangan setka
Aslini olganda, Angliya shapkasini osmonga otishiga hali erta. Ikki yil muqaddam Yevropa chempionatida setka Angliyaga murabbiyi stomatolog, darvozaboni rejissyor bo‘lgan Islandiya terma jamoasini ro‘baru qilgandi. Ammo Angliya o‘shanda sharmandalarcha yutqazdi - 1:2. Britaniyaliklar murabbiyi Roy Hojson o‘shanda masxarabozga tenglashtirilgan va zudlik bilan iste’foga chiqarilgandi.

Hozir Angliya yo‘lida u qadar kuchli raqiblar emas, bu safargi chempionat sensasiyalarga boy bo‘layotgani, xususan Rossiya Ispaniyani nimchorak finaldan uyiga qaytarganini e’tiborga olsa, Angliya Kolumbiyaga nisbatan faqat nom jihatdan favorit ekanini ko‘rishimiz mumkin.

Bu albatta Islandiya emas. Sautgeyt mag‘lub bo‘lsa ham millat dushmaniga chiqarilmaydi. Ammo muxlislar janubiy amerikaliklarga qarshi o‘yindan ko‘p narsa kutishmoqda. Turnirdan oldin Angliya termasida hech qanday bosim yo‘q edi, endi esa ulardan ko‘p narsa kutishmoqda.

Kolumbiyaga bu o‘yinda Xames Rodriges yordam bera olmasligi oydinlashib ulgurgan. Agar u maydonga chiqsa ham to‘la kuch bilan o‘ynay olmaydi, jarohat beiz ketmaydi. Shu jihatdan olib qaraganda, Angliyaning imkoniyatlari biroz ortgan.

Agar Kolumbiya to‘sig‘idan o‘tilsa, Angliya yo‘lida Shveysariya yoki Shvesiya paydo bo‘ladi. Bu holatda ham Angliya favorit sifatida qaraladi. Ammo yarim finalgacha yetib borsa, «uch sherlar» 2008 yilgi Yevropa chempionati uchun qasos olish imkoniyatiga ega bo‘lishi mumkin. O‘shanda saralash bosqichida Xorvatiya va Rossiya Angliyani qoldirib ketgandi, bu ikki terma jamoa chorak finalda o‘zaro o‘ynaydi va g‘olib inglizlar bilan yarim finalda o‘ynashi mumkin. Britaniyada muxlislar hamon Rossiyani ham, Xorvatiyani ham dushman sifatida ko‘rishadi.

Ikki yil oldin ham pley-off setkasi ikkita teng bo‘lmagan yo‘lakka ajralgandi, o‘shanda Portugaliya nisbatan oson yo‘ldan borib, Xorvatiya, Polsha va Uels kabi raqiblarni yenggan va alaloqibat chempionlikka erishgandi. Balki bu safar Angliya bilan shunday bo‘lar? Ikkinchi setkadagi jamoalar o‘zaro qirpichoq bo‘layotganida Angliya finalgacha kuch tejab borishi mumkin.

KOLUMBIYA – ANGLIYA
3 iyul. Moskva. «Spartak» stadioni. 23.00 (Match TV).
Hakamlar: GEYGER (AQSH). Fletcher (Kanada), Anderson (AQSH).

Manba: www.kun.uz
Kiritildi: 17:05, 03.07.2018.
O'qildi: 5183 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.