Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

Umid Ahmadjonov Lozannada Xalqaro olimpiya qo‘mitasi Prezidenti Tomas Bax bilan uchrashuv o‘tkazdi

Umid Ahmadjonov Lozannada Xalqaro olimpiya qo‘mitasi Prezidenti Tomas Bax bilan uchrashuv o‘tkazdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Xabar berib o‘tganimizdek, O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi Prezidenti Umid Ahmadjonov Xalqaro olimpiya qo‘mitasi rahbari Tomas Bax taklifiga ko‘ra Shveysariyaga jo‘nab ketgandi.

Bugun Lozannadagi Xalqaro olimpiya qo‘mitasi qarorgohida Umid Ahmadjonov Tomas Bax bilan rasmiy uchrashuv o‘tkazdi.

Tomonlar bungacha Pxyonchxandagi qishki Olimpiya o‘yinlari vaqtida ko‘rishib, umumiy masalalar yuzasidan suhbat o‘tkazgandilar. Bugun esa Umid Ahmadjonov Tomas Bax bilan ilk rasmiy uchrashuvini o‘tkazdi. Unda Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi hamda O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi rahbarlari bir qancha masalalarni muhokama qilishdi.

Umid Ahmadjonov uchrashuvda Xalqaro olimpiya qo‘mitasi tarkibida shu kungacha nafaqat O‘zbekiston, balki butun Markaziy Osiyodan mutlaqo a’zo bo‘lmagani, shuning uchun XOQ Sessiyasida mintaqamizdan ham o‘z ovozi va saylash xuquqiga ega a’zoni tarkibga kiritish masalasini ko‘tardi. Tomas Bax esa o‘z navbatida XOQning 2019 yilgi umumiy yig‘ilishida Umid Ahmadjonov nomzodini Ijroiya Qo‘mitasi a’zoligiga taqdim etishga va’da berdi.

Ma’lumki, Xalqaro olimpiya qo‘mitasi tomonidan o‘tkaziladigan sport musobaqalari FIFA tasarrufidagi turnirlardek ko‘p emas. Tashkilot asosan yozgi va qishki Olimpiya o‘yinlari, o‘smirlar o‘rtasidagi Olimpiya o‘yinlarini o‘tkazadi. Umid Ahmadjonov uchrashuv davomida Tomas Baxga XOQ shafeligi ostida kechadigan yangi musobaqalarni tashkil etish, bunday nufuzli musobaqaga Toshkent shahri mezbonlik qilishga tayyor ekanligi borasida taklif kiritdi. Xalqaro olimpiya qo‘mitasi rahbari bunga javoban, 2019 yilgi XOQning marketing masalalariga bag‘ishlangan yirik anjumanini Toshkentda o‘tkazish niyati borligini ma’lum qildi.

Uchrashuv davomida Umid Ahmadjonov o‘zbek sportida ro‘y berayotgan islohotlar, mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev tomonidan sportga ko‘rsatilayotgan e’tibor, sportni ommaviylashtirish, rivojlantirish yo‘lida amalga oshirilayotgan ishlar haqida batafsil ma’lumot berib o‘tdi va Respublikamizda Olimpiya harakatini yanada rivojlantirish, mamlakat sportida ro‘y berayotgan ulkan hajmdagi islohotlarni xayotga tadbiq etish masalasida janob Tomas Baxdan maslahatchi sifatida Toshkentga malakali va yetuk mutaxassisni yuborishni iltimos qildi. Yurtimizda sport taraqqiyotiga davlat tomonidan ko‘rsatilayotgan e’tibordan to‘lqinlangan XOQ Prezidenti taklifni bajonidil qabul qilib, sohada katta tajribaga ega bo‘lgan mutaxassisni O‘zbekistonga yuborishini ta’kidlab o‘tdi.

Lozannaga tashrifi davomida Umid Ahmadjonov “Olimpiya birdamligi” dasturi rahbari Pyere Miro, shuningdek, XOQning bir necha departament rahbarlari bilan ham uchrashdi va hamkorlikda yangi loyihalar, seminar-treninglar o‘tkazish masalasida kelishuvga erishdi.

Bir so‘z bilan aytanganda, O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi Prezidentining jahonning eng yirik sport tashkilotlari joylashgan Shveysariyaga tashrifi unumli va samarali bo‘ldi.

Manba: www.olympic.uz
Kiritildi: 20:02, 03.07.2018.
O'qildi: 2629 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.