Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/05 00:00 Tottenhem 1-1 Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano 1-1 Jirona
12/05 22:00 Selta 2-3 Levante
12/05 23:00 Betis 2-1 Elche
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves - Barselona
14/05 00:30 Xetafe - Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad

Yoaxim Lyov qayta ishonch bildirilgan so‘ng dastlabki intervyusini berdi

Yoaxim Lyov qayta ishonch bildirilgan so‘ng dastlabki intervyusini berdi

Baho:
+ | -

Avvalroq Germaniya terma jamoasi murabbiyi Yoaxim Lev jahon chempionatidagi omadsizlikka qaramasdan ham lavozimida qolishi haqida xabar bergan edik.

Germaniya futbol ittifoqi tomonidan ishonch bildirilgan 58 yoshli mutaxassis bugun dastlabki intervyusini berdi.

“Germaniya futbol ittifoqiga ishonch uchun minnatdorchilik bildiraman. Ular menga qayta imkon berishdi va buni endi oqlashga majburman. Tanqid emas, balki omadsizlikdan so‘ng meni qo‘llab-quvvatlagan barchaga rahmat aytaman.

Ko‘p narsa haqida o‘yladim, umidlarim juda katta. DFB rahbariyati bilan shaxsan ko‘rishdim va jamoada qolib qayta qurish ishlarini amalga oshirishimni bildirdim. Hammasini tahlil qilib, jamoa futbolchilari bilan aniq rejalar ustida ishlaymiz.

Yangi mavsumda o‘ylaymanki, bunday kamchiliklar bo‘lmaydi. To‘g‘ri, bu vaqt talab etadi, lekin sentyabr oyiga qadar barchasini unutishga harakat qilamiz”, deydi Lyov.

Eslatib o‘tamiz, Yoaxim Lyov boshchiligidagi Germaniya terma jamoasi jahon chempionatining guruh bosqichida atigi bir ochko ishlab, sharmandalarcha mundialni tark etgan edi.

Manba: www.qalampir.uz
Kiritildi: 09:02, 04.07.2018.
O'qildi: 4858 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик