Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/10 00:00 Koventri Siti 4-1 Nyukasl
13/10 00:00 Levante 3-3 Sevilya
13/10 12:45 Nyukasl Jets 1-3 Gamba Osaka
13/10 15:00 Shangxay Port 1-1 Tejon Hana Citizen
13/10 15:00 Poxang Stilers 0-2 Johor Dorul Ta'zim
13/10 15:00 Kyoto Sanga 1-0 Ratchaburi
13/10 17:15 Kongan Hanoi 0-1 Kashima Antlers
13/10 17:15 Buriram Yunayted 0-1 Beyjing Guoan
13/10 18:45 As-Siyb 0-3 Al-Hussayn
13/10 21:00 As-Sadd 0-2 Al-Hilol
13/10 21:00 Ist Bengal 2-3 Ash-Shorta
13/10 21:45 Sabah 2-0 Slaviya
13/10 21:45 Lans 0-2 Sporting
13/10 23:15 Al-Ittihod 1-2 Shabab al-Ahli
13/10 23:59 Galatasaroy 1-4 Barselona
13/10 23:59 Atletiko 2-0 Man. Yunayted
13/10 23:59 Arsenal 3-0 Lill
13/10 23:59 Vilyarreal 3-1 Napoli
13/10 23:59 Inter 3-4 Bryugge
13/10 23:59 RB Leypsig 1-0 PSV
13/10 23:59 Viking 3-3 Bavariya

Hududiy bolalar va o‘smirlar futbol akademiyalariga qabul davom etmoqda

Hududiy bolalar va o‘smirlar futbol akademiyalariga qabul davom etmoqda

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-3610-sonli “Futbolni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan tashkil qilingan hududiy bolalar va o‘smirlar futbol akademiyalariga qabulning birinchi bosqichi 1 iyul kuni boshlangani xaqida avval xabar berib o‘tgan edik.

20 iyul kuniga qadar davom etadigan ushbu sinov imtixonlarida bugunga qadar minglab iqtidorli bolalar ishtirok etishmoqda. Eslatib o‘tamiz, har bir hudud, ya’ni viloyat aholisi faqatgina o‘zining viloyatidagi hududiy akademiyaga xujjat topshirishi mumkin. Birinchi bosqich imtihonlarida qatnashishni istagan bolalar o‘zlari bilan tug‘ilganlik haqida guvohnoma hamda sog‘lig‘i to‘g‘risida ma’lumotnoma (086 forma) olib kelishlari kerak bo‘ladi.

1-bosqichda sinovlari faqatgina futbol o‘yinidan iborat bo‘lib, bolalar jamoalarga bo‘lingan holatda futbol o‘ynashadi. Boshqa hech qanday maxsus talablar mavjud emas. Futbolchilar bevosita o‘yin davomida o‘z iqtidorlarini namoyish qilishadi. Murabbiylar tomonidan tanlab olingan iqtidori bor bolalar, 2-bosqichda ishtirok etishlari mumkin bo‘ladi.

Hududiy bolalar va o‘smirlar futbol akademiyalariga qabulning birinchi bosqichi barcha viloyatlar bo‘ylab davom etmoqda.
Quyida Andijon hududiy bolalar va o‘smirlar futbol akademiyasiga qabul jarayonidan oligan suratlar e’tiboringizga havola qilinadi.

Manba: the-uff.com
Kiritildi: 11:46, 06.07.2018.
O'qildi: 6116 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик