Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

«Qirollik» klubidagi dastlabki ukrainalik haqida

«Qirollik» klubidagi dastlabki ukrainalik haqida

Baho:
+ | -

Ukrainalik yosh iqtidor sohibining «Real»­ga o‘tishi haqida gap-so‘zlar tarqalganida ko‘pchilik ajablangandi. Biroq 19 yoshli darvozabon chindan ham «Qirollik klubi»ga o‘tdi.

6 yilga mo‘ljallangan kelishuv qiymati 9 mln. yevroga teng bo‘ldi. Bundan tashqari, Andrey Luninning avvalgi klubi - «Zarya» ham ma’lum bonusga ega chiqdi.

Kelishuv arafasidagi vaziyat

Zayniddin Zidan jamoani tark etgach, ortidan uning o‘g‘li - Lukaga ham javob berildi. Yosh bo‘lishiga qaramasdan, Luka 2004 yildan beri klub tizimida shug‘ullanar, jamoaning 3-darvozaboni hisoblanardi.

«Real»ning yangi bosh murabbiyi Xulen Lopetegi sobiq darvozabon bo‘lgani bois, so‘nggi chiziqqa e’tibor qaratib, uchinchi darvozabon pozisiya­sini kuchaytirishni lozim topdi.

Andrey Lunin haqida

Yosh posbon Xarkov viloyatida tug‘ilgan bo‘lsada, faoliyatini «Dnepr»­da boshladi. U kelgan payt jamoaning yorqin davri ortda qolgan, YEL finali tarixga aylanib ulgurgandi. Andrey o‘z debyutini nishonlagan 2016|2017 yillar mavsumida jamoa birinchi ligaga tushib ketdi.

Moliyaviy muammolar tufayli «Dnepr» yana pastga sho‘ng‘igach, futbolchilar boshqa jamoalarga o‘tib ketishdi. Lunin esa «Zarya» safidan joy oldi. Luganskdagi mavsumni barqaror o‘tkazgan yosh posbonni muxlislar mavsumning eng yaxshi o‘yinchisi sifatida e’tirof etishdi.

Deyarli Akinfeevning o‘zi

Lunin bilan rossiyalik kasbdoshi o‘rtasidagi o‘xshashlik shundaki, ikkovi ham juda barvaqt kamolotga yetishdi. Darvoza chizig‘ida bunday hol juda kam kuzatiladi. O‘z faoliyatini 18 yoshda boshlagan Andrey bir yildan so‘ng terma jamoa tarkibidan joy oldi.

Bu voqea yaqinda, Saudiya Arabistoni termasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida yuz berdi. Shu tariqa Lunin o‘z milliy jamoasi tarixidagi eng yosh darvozabonga aylandi.

To‘g‘ri, Akinfeev Rossiyaning bosh jamoasi sharafini 18 yoshidan boshlab himoya qilib kelmoqda. Bu ikki kasbdosh o‘rtasidagi yana bir umumiylik - so‘nggi marradagi sovuqqonlik. Farqli jihatlari esa shundaki, ukrainalik darvozabon Akinfeevdan bo‘ydorroq - 191ga 186.

Yevropadan qiziqish

DAVOMI

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 15:50, 07.07.2018.
O'qildi: 5383 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.