Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/03 00:45 Udineze 3-0 Fiorentina
03/03 01:00 Real Madrid 0-1 Xetafe
04/03 00:30 Bornmut 0-0 Brentford
04/03 00:30 Everton 2-0 Byornli
04/03 00:30 Lids 0-1 Sanderlend
04/03 01:15 Vulverhempton 2-1 Liverpul
04/03 18:45 Qo‘qon-1912 - Paxtakor
04/03 19:15 Qizilqum - Andijon
04/03 23:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
05/03 00:30 Aston Villa - Chelsi
05/03 00:30 Fulhem - Vest Xem
05/03 00:30 Brayton - Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti - Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl - Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor - Buxoro
05/03 19:15 Mash’al - Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon - Neftchi

JCH-2018. Angliya, nihoyat, yarim finalga chiqdi

JCH-2018. Angliya, nihoyat, yarim finalga chiqdi

Baho:
+ | -

Rossiya maydonlarida o‘tayotgan jahon chempionatida uchinchi yarim finalchi jamoaning nomi aniq bo‘ldi. Shvesiyaga qarshi bo‘lib o‘tgan chorak final bahsida Angliya terma jamoasi ishonchli g‘alaba qo‘lga kiritdi.

Tomonlar bugungi uchrashuvni pragmatik o‘yin bilan boshlab berishdi. Tomonlar katta kuch bilan oldinga tashlanishga shoshilishmadi. Hisob esa "standart"dan so‘ng ochildi: burchakdan yetkazilgan uzatmaga Garri Maguayr 11 metrli nuqta ustida bosh bilan zarba berib, darvozani ishg‘ol qildi.

Bo‘lim so‘ngida inglizlar hisobdagi farqni oshirishlari mumkin edi. Maydon markazidan yetkazilgan uzatma natijasida Sterling birga-bir vaziyatga chiqib ketdi. "Siti" hujumchisi darvozabonni aldab o‘tayotganida Ulsen to‘pni barmoqlari bilan qaytardi. Rahim to‘pni qayta egallab, oldidagi himoyachini aldab zarba berishga qaror qildi. To‘p himoyachining oyog‘idan maydonni tark etdi. Sterling Keynga uzatma berganida vaziyat muvaffaqiyatli yakunlanishi mumkin edi.

Ikkinchi bo‘lim avvalida shvedlar hisobni tenglashtirish uchun yaxshi vaziyat yaratishdi. Chap qanotdan yetkazilgan uzatmaga Markus Berg darvozabon maydonchasi chizig‘i ustida bosh bilan zarba berdi. Burchakka kirayotgan to‘pni Pikford qaytarib qoldi! Umuman olganda, bugungi o‘yin qahramoni nomiga Angliya terma jamoasi posboni munosib bo‘ldi.

Bahsning 59-daqiqasida Lingard raqib jarima maydonchasi burchagidan uzatma berdi. Dele Alli 5 metrdan bosh bilan darvozani ishg‘ol qildi. Bu gol "Tottenxem" yarim himoyachisi uchun JCH-2018dagi ilk gol bo‘ldi.

Keyingi daqiqalarda Jordan Pikford kamida ikki marta ajoyib seyv namoyish qildi. Dastlab 62-daqiqada chap qanotdan yetkazilgan uzatmani Markus Berg 11 metrli nuqta ustida biroz ortga uzatdi. Klassonning zarbasini darvozabon qaytarishga muvaffaq bo‘ldi. Oradan 10 daqiqa o‘tib Shvesiya chap qanotdan tezkor hujum tashkil qildi. Jarima maydonchasiga yetkazilgan uzatmani Berg 11 metrli nuqta ustida egalladi va darhol zarbab yerdi. To‘sin ostiga kirayotgan to‘pni Pikford barmoqlari bilan yuqoriga ko‘tarib yubordi.

O‘yinning so‘nggi daqiqalarida Shvesiya terma jamoasi jiddiy bosim tashkil qila olmadi, Sautgeyt shogirdlari g‘alabani xotirjamlik bilan saqlab qolishdi.

Shu tariqa, Angliya terma jamoasi 1990 yildan beri ilk marta Mundialning yarim finaliga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

JCH-2018. Chorak final
Shvesiya – Angliya 0:2 (0:1, 0:1)
Gollar: 0:1 – 30 Maguayr, 0:2 – 58 Alli.
Shvesiya – Olsen, Lindelef, Augustinsson, Kraft (YAnsson, 85), Grankvist, Larsson, Klasson, Ekdal, Forsberg (Olsson, 65), Toyvonen (Gvidetti, 65), Berg.
Angliya – Pikford, Uoker, Stounz, Yang, Maguayr, Alli (Delf, 77), Lingard, Sterling (Reshford, 90), Xenderson (Dayer, 85), Trippyer, Keyn.
Ogohlantirishlar: Maguayr (87), Gvidetti (88), Larsson (90).

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 20:58, 07.07.2018.
O'qildi: 4643 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.