Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/11 05:00 Urugvay - Kolumbiya
14/11 05:00 Peru - Chili
14/11 14:10 Avstraliya 0-0 Saudiya Arabistoni
14/11 17:00 KXDR 2-3 Eron
14/11 19:00 Bahrayn 0-1 Xitoy
14/11 19:00 Kuvayt 1-3 Janubiy Koreya
14/11 21:00 Ummon 1-0 Falastin
14/11 21:15 Iroq 0-0 Iordaniya
14/11 21:15 Qatar 3-2 O‘zbekiston
14/11 21:15 BAA 3-0 Qirg‘iziston
15/11 02:00 Venesuela 1-1 Braziliya
15/11 04:30 Paragvay 2-1 Argentina
15/11 05:00 Ekvador 4-0 Boliviya
15/11 17:00 Indoneziya 0-4 Yaponiya

Temurxo‘ja Abduxoliqov: «Pulni to‘rtinchi o‘ringa qo‘yaman»

Temurxo‘ja Abduxoliqov: «Pulni to‘rtinchi o‘ringa qo‘yaman»

Baho:
+ | -

O‘zbekiston milliy terma jamoasiga nomzod hujumchi Temurxo‘ja Abduxoliqov haligacha o‘ziga yangi klub topgani yo‘q.

Vaholanki, futbolchiga yurtimiz jamoalaridan tashqari, Qatar va Janubiy Koreya klublaridan ham takliflar bor. Lekin Temurxo‘ja tanlov borasida shoshilmaslikni afzal bilmoqda.

Zero, keyin bir yilga yaqin vaqt mobaynida qiynalib yurmaslik uchun obdon o‘ylab, keyin qaror chiqargan afzal. Superliganing «Lokomotiv», AGMK va «Paxtakor» jamoalari Abduxoliqovni o‘z tarkiblarida ko‘rishni xohlashgandi. Lekin «Nasaf» hujumchisi Cheranni o‘z safiga qo‘shib olganidan so‘ng, «Paxtakor» varianti o‘z-o‘zidan yo‘qqa chiqdi.

«Lokomotiv» esa Nivaldoning o‘rniga aynan Temurxo‘jani ko‘zlamoqda. Futbolchida Qatar klubidan ham aniq taklif bor. Shu sababli, tajribali forvard jamoa tanlash borasida biroz ikkilanmoqda.

Abduxoliqovning «Al-Sayliya» klubi bilan tuzilgan shartnomasi yakuniga yetgani bois,  mazkur hujumchi ozod agentga aylangan va istalgan jamoa bilan muzokara o‘tkazishi mumkin.

Biz ta’tilni Toshkentda o‘tkazayotgan Temurxo‘ja Abduxoliqov bilan uchrashib, unga  o‘zimizni qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, intervyu oldik.

- Temurxo‘ja, ta’til qanday o‘tyapti? Sport formangizni ushlab turish maqsadida mashg‘ulotlarni kanda qilmayapsizmi?

- Ta’til yuzaga kelishi bilan uyga - oila a’zolarim bag‘riga oshiqqandim. Mana bir necha haftadirki, men uchun yaqin bo‘lgan insonlar davrasida ta’tilni o‘tkazyapman.

Bu orada siz aytgandek, mashg‘ulotlarni ham bir zumga tashlab qo‘ymayapman. Lekin birorta klub tarkibida emas, o‘zim individual tarzda shug‘ullan-yapman.

- Keyingi rejalar qanday? Faoliyatingizni qaysi klubda davom ettirmoqchisiz?

- Bu masalada hali bir to‘xtamga kelganim yo‘q. Oldimda 3-4ta variant bor. Ulardan eng maqbulida to‘xtayman. Bu borada birinchi galda otam hamda yaqinlarim, qolaversa, agentim bilan maslahatlashyapmiz.

Qiziqarli takliflar bo‘lgani uchun ham bu jarayon biroz cho‘zilmoqda. Lekin tez orada bu haqda sizga birinchilardan bo‘lib xabar beraman. 

- Takliflar orasidan qaysi biri ma’qul ko‘rinmoqda?

- Bunday olib qaralsa, hammasi ma’qul. Yuqorida aytganimdek, bir-biridan qiziqarli takliflar bor. Shu jihati ham meni ikkilantirib qo‘ymoqda.

- Taklifni qabul qilishda birinchi o‘ringa qaysi jihat qo‘yiladi? Masalaning moliyaviy tomonimi yoki..?

- Birinchidan, chempionatning saviyasiga qarayman. Keyin klubning mavqesi, o‘z oldiga qo‘ygan maqsadiga e’tibor qarataman. Uchinchidan, tanlagan jamoamdagi keyingi faoliyatim qanday kechishi mumkinligini chamalab ko‘raman.

Shundan keyin esa pul haqida o‘ylayman. Demak, masalaning moliyaviy tarafi to‘rtinchi o‘rinda turadi.

- Faoliyatingizni yana Qatarda davom ettirish imkoniyatini qanday baholaysiz? Oxiri to‘p surgan  jamoangiz shartnomani uzaytirish taklifi bilan chiqmadimi?

- Mana bugun, ya’ni 30 iyun kuni «Al-Sayliya» bilan imzolagan shartnomam o‘z yakuniga yetdi. Ushbu klubda faoliyatimni davom ettirmasligim yuz foizga aniq bo‘lib ulgurgan.

Lekin faoliyatimni Qatarning boshqa jamoasida ham boshlashim mumkin. Hozir menda bu borada aniq taklif bor. Balki, yangi mavsumni ham Qatar Yulduzlar ligasida boshlarman.

- Jamoangizning o‘tgan mavsumdagi ishtiroki haqida nima deya olasiz? Chempionatdagi ishtirok klubning imkoniyati nuqtai nazaridan qoniqarli baholandimi?

- Ochig‘i, ikkinchi davrada jamoamizning namoyish etgan o‘yinlaridan hech qaysinimizning ko‘nglimiz to‘lmadi. Shu jumladan, klub rahbariyatining ham. Birinchi davrada ancha yorqin o‘yin namoyish etgan edik.

Hatto ma’lum muddat turnir jadvalida pesh-qadamlik ham qilgandik. Ammo jamoaning men kelgan paytdan oldingi natijalari bilan men faoliyat yuritgan vaqtdagi natijalarini taqqoslaydigan bo‘lsak, bu borada ijobiy tomonga o‘zgarish ko‘zga tashlanadi.

Bu bilan mening sharofatim bilan «Al-Sayliya» oldingi mavsumlardan yaxshiroq natija qayd etibdi ekan-da, degan tushuncha paydo bo‘lmasligi kerak.

Biroq fakt shuki, «Sayliya»ning chempionat yakunida egallagan o‘rni oldingi yillar bilan taqqoslaganda yaxshiroq ko‘rinishga ega. Birinchi davrada namoyish etgan o‘yi-nimizni chempionatning ikkinchi qismida ham ko‘rsata olganimizda, mavsumni sovrinli o‘rinlarda yakunlagan bo‘lardik.

- «Al-Sayliya» maoshlaringizni to‘liq berdimi?

- Hali futbolchilar bilan to‘liq hisob-kitob amalga oshirilgani yo‘q. Umid qilamizki, shu ikki hafta ichida maoshlarimizni to‘liq berishadi. Har holda shunday gap-so‘zlar bor.

- Mavsumni O‘zbekiston chempionatida davom ettirishingiz mumkinmi? Bu imkoniyatni necha foizga baholaysiz?

DAVOMI

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 13:42, 09.07.2018.
O'qildi: 6332 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.