Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/02 01:00 PSJ 2-2 Monako
26/02 01:00 Real Madrid 2-1 Benfika
26/02 01:00 Yuventus 3-2 Galatasaroy
27/02 18:00 Buxoro 1-0 Qo‘qon-1912
27/02 18:45 Andijon 0-0 So‘g‘diyona
27/02 19:00 Paxtakor 0-0 Qizilqum
28/02 00:45 Parma - Kalyari
28/02 01:00 Levante - Alaves
28/02 01:00 Vulverhempton - Aston Villa
28/02 17:30 Bornmut - Sanderlend
28/02 18:00 Rayo Valyekano - Atletik Bilbao
28/02 18:45 Neftchi - Mash’al
28/02 19:00 Komo - Lechche
28/02 19:00 Lokomotiv - Surxon
28/02 19:15 Dinamo - Navbahor
28/02 20:00 Brayton - Nottingem Forest
28/02 20:00 Byornli - Brentford
28/02 20:00 Liverpul - Vest Xem
28/02 20:00 Nyukasl - Everton
28/02 20:15 Barselona - Vilyarreal
28/02 22:00 Verona - Napoli
28/02 22:30 Malyorka - Real Sosyedad
28/02 22:30 Lids - Manchester Siti

«Shohsupa sari yo‘l». Nigora Tursunqulova sportga kirib kelishi, kumiri va boshqalar haqida

«Shohsupa sari yo‘l». Nigora Tursunqulova sportga kirib kelishi, kumiri va boshqalar haqida

Baho:
+ | -

Xabaringiz bor, Milliy olimpiya qo‘mitasi Matbuot va media departamenti tomonidan Osiyo o‘yinlariga bag‘ishlangan «Shohsupa sari yo‘l» loyihasi ishga tushirilgan. Unda qit’aning nufuzli musobaqasida ishtirok etadigan o‘zbekistonlik sportchilar bilan qisqa intervyular tashkil qilinadi. Bungacha loyihamizda Nadiya DusanovaIsroil Madrimov kabi sportchilar ishtirok etishdi.

Bugungi mehmonimiz esa taekvondo WTF bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi, Olimpiya o‘yinlari ishtirokchisi Nigora Tursunqulova bo‘ladi.

Nima uchun taekvondo?

Akalarim sportning ushbu turi bilan shug‘ullanishardi. Men esa dadam bilan birga ularni to‘garakdan olish uchun sport zaliga borardim. Kunlardan bir kuni akam menga ham taekvondo bilan shug‘ullanishni taklif qildilar. Men ham qiziqib bordim va bu menga juda yoqdi. Shu tariqa taekvondo bilan shug‘ullanishni boshlab yuborganman.

Vaznimni kamaytirishim shart emas

Hamma bilan bir hil ovqatlarni iste’mol qilaman. Yog‘li taomlarni kamroq yeyishga harakat qilaman. Ovqatlanish borasida menda qat’iy me’yorlar yo‘q. Ba’zi sportchilarga o‘xshab, vaznimni kamaytirishim shart emas. Shuning uchun, ovqatlanish borasida menda muammo yo‘q. Sevimli ovqatim? Onamlar tayyorlaydigan uyg‘urcha mantini yaxshi ko‘raman.

Kumiri

Nikita Rafalovich. U doimo o‘z maslahatlari bilan bizga yordam beradi. Atrofdagilarni qo‘llab-quvvatlashga tayyor. Juda mehnatkash va o‘z ustida tinmay ishlaydi. U nafaqat yaxshi sportchi, balki hayotda ham juda yaxshi inson. Unga doimo havas qilaman.

Chempion bo‘lish siri

Omad bu borada muhim rol tutadi. Buni esa Xudodan so‘rash lozim. Va albatta qattiq mehnat qilish talab etiladi. O‘z ustingda tinmay ishlash, qiyin paytlarda mashaqqatlarga bardosh berish kerak bo‘ladi. Shuningdek, murabbiy ko‘rsatmalarini mukammal bajarish kerak. Fursatdan foydalanib, 10 yoshimdan buyon menga ustozlik qilib kelayotgan Dmitriy Konstantinovich Xvanga minnatdorchilik bildiraman. U insonsiz bugungi darajaga yetib kela olmasdim.

Osiyo o‘yinlari oldidan

Osiyo o‘yinlarida ilk marotaba ishtirok etaman. Shuning uchun, juda hayajondaman. Oldimda qanday mas’uliyat turganini his qilib turibman. Bu sport. Ushbu nufuzli musobaqaga qattiq tayyorgarlik ko‘ryapmiz. Xudo xohlasa Jakartadan yorug‘ yuz bilan qaytamiz.

Erishgan yutuqlari:

-Osiyo chempioni

-IV “Islom birdamlik o‘yinlari” bronza medali sohibasi

-Prezident kubogida kumush medal egasi

-Korea Open, Turkish Open, Qatar Open, Fujairah Open kabi nufuzli musobaqalar sovrindori.

Manba: olympic.uz
Kiritildi: 12:30, 16.07.2018.
O'qildi: 4324 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.