Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Otabek G‘ulomxo‘jayev O‘zbekiston U17 terma jamoasiga mas’ul etib tayinlandi

Otabek G‘ulomxo‘jayev O‘zbekiston U17 terma jamoasiga mas’ul etib tayinlandi

Baho:
+ | -
Otabek G‘ulomxo‘jayev O‘zbekiston U17 terma jamoasi uchun javob beradi. Uning boshqaruvida yoshlarimiz yil oxiriga qadar o‘tkaziladigan xalqaro turnirlarda ishtirok etadi.     Bungacha Azamat Abduraimov O‘zbekiston U14 terma jamoasiga bosh murabbiy bo‘lgandi. Mazkur jamoa kelasi yil U15 jamoasiga aylanib, o‘smirlar o‘rtasidagi Osiyo Chempionatining saralash turnirida ishtirok etadi. 2020 yil esa U16 termasi sifatida Osiyo Chempionatida qatnashishi, 2021 yil U17 termasiga aylanib, kichik mundialga borishi mumkin.    G‘ulomxo‘jayev boshchilik qiladigan O‘zbekiston U17 termasida ham vaziyat deyarli shunday. Jamoa kelasi yil U18 termasi sifatida yoshlar o‘rtasidagi Osiyo Chempionatining saralash turnirida ishtirok etadi. 2020 yil U19 Osiyo Chempionatining final bosqichi, 2021 yilda esa yoshlar o‘rtasidagi U20 Jahon Chempionati kutib turibdi.    Ayni vaqtda O‘FA Yevropaning bir qator davlatlaridan U18 jamoalari o‘rtasidagi xalqaro turnirlarga taklifnoma olgan. Yil so‘ngiga qadar Otabek G‘ulomxo‘jayev jamoasi eng kamida 1 ta xalqaro turnirda ishtirok etadi. Shuningdek, unga yosh futbolchilarni saralab olish uchun Toshkenda yig‘inlar tashkil etib beriladi. Futbolchilarni kuzatishi uchun sharoitlar yaratiladi.    Otabek G‘ulomxo‘jayev hozirga qadar 150 dan ziyod iqtidorli futbolchilar ro‘yxatini hamda yil yakuniga qadar bo‘lgan ish rejasini O‘FAga taqdim etib ulgurgan. Avgust oyida bu futbolchilarning o‘yinlari kuzatib boriladi, shuningdek, Toshkentda jamoaning ilk yig‘ini tashkil etiladi. Shu orqali xalqaro turnirlarda ishtirok etuvchi tarkibga aniqlik kiritiladi. Garchi Yevropadagi turnirlarda 1 yosh katta jamoalar to‘p sursa-da, O‘FA o‘sha turnirlarga U17 jamoasini jo‘natishni rejalashtirgan. Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad futbolchilardan natija talab qilish emas, balki ularning xalqaro maydonda toblanib borishlari uchun sharoit yaratishdir.    O‘zbekiston U17 terma jamoasining tarkibi doimiy rivojlantirib boriladi. Ya’ni, o‘sishdan to‘xtayotgan futbolchilar termadagi o‘rnini band qilib turmaydi.  Tarkibga jalb qilinmagan futbolchilar o‘z ustida ishlab, sport formasini tinimsiz o‘stirib borsa, unda asosiy jamoaga qo‘shilish imkoniyati bo‘ladi. Ya’ni, har bir pozisiya uchun sog‘lom raqobat muhimi yaratiladi.    Bolalar va o‘smirlar futbolida muvaffaqiyatli ishlab kelayotgani hamda o‘sishda davom etayotgani uchun ham O‘FA rahbariyati G‘ulomxo‘jayevga imkoniyat berishga qaror qildi. Mazkur mutaxassis 2001 va 2002 yillarda tavallud topgan o‘zbekistonlik futbolchilar haqida yetarlicha ma’lumotga ega.   “O‘zimga bildirilgan ishonch menga katta kuch bag‘ishlaydi. Shu vaqtgacha mamlakat futboli murabbiy sifatida shakllanishim uchun maktab vazifasini o‘tadi. Endi esa olgan bilim va ko‘niklarimni terma jamoa fonida mamlakat futboli uchun qaytarishni istayman. O‘FA rahbariyati u qanday o‘yin bo‘lmasin, barchasida futbolchilarning ko‘zlari yonib turishini, ular vatanlari uchun to‘p surayotganlarini his qila olishlarini talab qiladi. Biz ham shu yo‘ldan yuramiz. Yoshlarimizga asosiy jamoa libosida to‘p surish madaniyati, mas’uliyati hamda zalvorini tushuntirib boramiz”, — dedi G‘ulomxo‘jayev biz bilan suhbatda.    O‘zbekiston U17 terma jamoasining ilk yig‘ini qachon bo‘lishi haqida yaqin kunlar ichida ma’lumot beriladi. Ayni vaqtda O‘FA Xalqaro bo‘limi Ispaniya, Rossiya va Qozog‘istondagi turnirlarda ishtirok etish masalasini o‘rganib chiqmoqda.
Manba: ufа.uz
Kiritildi: 15:29, 25.07.2018.
O'qildi: 2893 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.