“Bavariya” bosh murabbiyi Niko Kovach “Manchester Siti”dagi hamkasbi Xosep Gvardiola haqidagi fikrlari bilan bo‘lishdi.
“Shaxsan men uchun, Gvardiola – dunyodagi eng yaxshi murabbiy hisoblanadi. Uning mashg‘ulotlarida ishtirok etganimdan xursandman.
Gvardiola sabab men yanada kuchliroq bo‘ldim. Bilasizmi, bu yergacha yetib kelishda ancha-muncha mehnat qilishimga to‘g‘ri keldi”, deydi Kovach.
Eslatib o‘tamiz, Niko Kovach yozda “Bavariya”da murabbiy sifatida ish boshladi.