"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Joze Mourinyo koub rahbariyati bilan ziddiyatga bormoqda.
Daily Mail xabariga ko‘ra, hozir Mourinyo va klub vise-prezidenti Ed Vudvord o‘rtasida munosabatlar yomonlashgan.
Mourinyo "Yunayted"ni yozgi transferlar bozorida sustligidan va bor-yo‘g‘i uch futbolchi - Fred, Diogo Dalota va Li Grant sotib olinganidan norozi.
Vudvord transferlar uchun boshqa pul sarflashni istamayapti, portugaliyalik mutaxassis esa tarkib to‘lik shakllanmaganini aytmoqda, u bir necha oy avval transfer ro‘yxatini tuzgan.