Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/03 01:00 Arsenal 2-2 PSV
13/03 01:00 Aston Villa 3-0 Bryugge
13/03 01:00 Atletiko 1-0 Real Madrid
14/03 19:30 Buxoro 1-0 Qizilqum
14/03 19:30 Neftchi 0-0 Qo‘qon-1912
15/03 00:45 Jenoa - Lechche
15/03 01:00 Las-Palmas - Alaves
15/03 17:55 Sho‘rtan - Bunyodkor
15/03 18:00 Valyadolid - Selta
15/03 19:00 Monsa - Parma
15/03 19:00 Udineze - Verona
15/03 19:30 Andijon - Nasaf
15/03 20:00 Everton - Vest Xem
15/03 20:00 Ipsvich - Nottingem Forest
15/03 20:00 Manchester Siti - Brayton
15/03 20:00 Sautgempton - Vulverhempton
15/03 20:15 Malyorka - Espanyol
15/03 20:15 Dinamo - Mash’al
15/03 22:00 Milan - Komo
15/03 22:30 Vilyarreal - Real Madrid
15/03 22:30 Bornmut - Brentford

Faoliyati oxirlarini Osiyo va AQSHda davom ettirgan, ettirayotgan yulduzlar (fotogalereya)

Faoliyati oxirlarini Osiyo va AQSHda davom ettirgan, ettirayotgan yulduzlar (fotogalereya)

Baho:
+ | -

Andres Inyestaning Yaponiya chempionatida paydo bo‘lishi ushbu liganing nufuzini oshirishda asqotishi tayin. Albatta, bunday tajribani birinchi marta ko‘rayotganimiz yo‘q.

Turli yillarda futboli unchalik rivojlanmagan mamlakatlardagi klublar dunyo miqyosidagi yulduzlarni o‘z saflariga qo‘shib olishgan.

Bugun xuddi shunday o‘ziga xos «gastrol»da yurgan yulduzlar haqida so‘z yuritamiz.

O‘ZBEKISTON

Dastlabki yulduz: Rivaldo

Afsonaviy braziliyalik hujumchi faoliyatini 2015 yili 43 yoshida yakunlagan. Ammo bunga qadar yurtimizda mahoratini ko‘rsatishga ham ulgurdi.

«Bunyodkor»ning gullagan davrida Rivaldoning ham tarkibda bo‘lgani mamlakatimizdagi stadionlarda muxlislar tashrifini keskin oshirgani ayni haqiqat. U Toshkentda ikki mavsum to‘p surib, ikki marta (2008, 2009 yillarda) O‘zbekiston chempionligini qo‘lga kiritdi.

AQSH

Dastlabki yulduzlar: Pele, Frans Bekkenbauer, Eysebio, Jorj Best, Yoxan Kroyff

Umuman olganda, futboli unchalik rivojlanmagan mamlakatlarga tashrifni birinchilardan bo‘lib Pele boshlagan. «Santos»dagi 18 yil faoliyatdan so‘ng (1956-1974) u Shimoliy Amerikaga ko‘chib o‘tdi.

Qirolni «Nyu-York Kosmos»da quchoq ochib kutib olishdi. Jiddiy moliyaviy muammolar sabab AQSHga borishga rozi bo‘lgan braziliyalik hujumchi jahonning eng ko‘p maosh oluvchi futbolchisiga aylandi va 1997 yili ushbu mamlakat chempionligiga erishdi.

Peledan so‘ng AQSHga dunyo futbolining ko‘plab yulduzlari tashrif buyurishdi - Frans Bekkenbauer (aynan «Kosmos»ga 1977-1980 yillarda), Eysebio (1975-1978 yillar mobaynida to‘rtta turli klubda to‘p surdi), Jorj Best (1976-1981 yillarda uchta klubda o‘ynadi), Yoxan Kroyff («Los-Anjeles Asteks» - 1979, «Vashington Diplomats» - 1980-1981).

Futbol immigrantlarining ikkinchi to‘lqini XXI asr boshlariga to‘g‘ri kelib, uni «Real Madrid»dan «Lon-Anjeles Gelaksi»ga o‘tgan Devid Bekxem boshlab berdi. Angliyalik yulduz AQSHda yetakchilardan biriga aylanib, jamoasining ko‘plab sovrinlar yutishida ko‘maklashdi - MLS kubogi, muntazam chempionat va G‘arbiy Konferensiyada «pley-off» yo‘llanmasi.

2012 yil yakunlariga ko‘ra Bekxem mavsumning eng yaxshi futbolchisi deb tan olindi. Keyinchalik mazkur ligada Kaka, David Vilya, Sebastyan Jovinko, Didye Drogba va ko‘plab mashhur o‘yinchilar to‘p surishdi.

YAPONIYA

Dastlabki yulduzlar: Ziko, Jorjinyo, Bebeto,  Dunga

«Kunchiqar yurt» chempionatida esa braziliyaliklarga ishtiyoq baland. Hozir ham liganing eng qimmat futbolchisi braziliyalik - hujumchi Jo («Nagoyya Grampus») - 4 mln. yevro. Yaponiyada yulduzlar orasida birinchi bo‘lib Ziko to‘p surgan. U 1991 yili ushbu mamlakatga tashrif buyurib, 1993 yili «Kashima Antlers» safida chempionlikka erishgan.

Mazkur klub stadionining kirish qismida braziliyalik afsonaga atab haykal ham o‘rnatilgan. Uning ortidan Jorjinyo («Kashima Antlers» - 1995-1998), Dunga («Jubilo Ivata» - 1995-1998) hamda Bebeto («Kashima Antlers» - 2000) ham «Jey-liga»da faoliyat yuritishdi. «Portu», «Zenit» va «Shanxay SIPG»dagi o‘yinlari orqali yaxshi tanish Xalk ham mashhurlikka erishmagan paytlari Yaponiyada o‘ynashga ulgurgan.

SAUDIYA ARABISTONI

Dastlabki yulduzlar: Roberto Donadoni, Bebeto, Andrey Kanchelskis, Xristo Stoichkov

1981 yili Mario Zagallo Ar-Riyodning «Al-Nasr» klubida bosh murabbiylik qilgan bo‘lsa, futbolchilardan birinchi bo‘lib 1997 yili «Barselona»ni tark etgan bolgariyalik hujumchi Xristo Stoichkov Saudiyaga tashrif buyurgandi.

Keyinchalik u Yaponiya va AQSHda ham to‘p surdi va barcha klublarda sovrin yutdi - Osiyo kubok egalari kubogi sohibi-1998 («Al-Nasr»), J-liga kubogi-1999 («Kashiva Reysol») va MLS kubogi-2000 («Chikago Fayr»). Saudiya Arabistonida boshqa yulduzlar ham faoliyat yuritishgan: Roberto Donadoni («Al-Ittihod» - 1999-2000), Bebeto («Al-Ittihod»-2002), Andrey Kanchelskis («Al-Hilol»-2003).

XITOY

Dastlabki yulduzlar: Nikolya Anelka, Fabio Roshembak, Karlos Teves

DAVOMI

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 02:08, 31.07.2018.
O'qildi: 7184 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.
MyCounter - счётчик и статистика

Топ рейтинг www.uz