Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/05 00:00 Levante 3-2 Osasuna
09/05 16:30 Liverpul 1-1 Chelsi
09/05 17:00 Elche 1-1 Alaves
09/05 18:00 Kalyari 0-2 Udineze
09/05 19:00 Fulhem 0-1 Bornmut
09/05 19:00 Brayton 3-0 Vulverhempton
09/05 19:00 Sanderlend 0-0 Man. Yunayted
09/05 19:15 Sevilya 2-1 Espanyol
09/05 21:00 Lasio 0-3 Inter
09/05 21:30 Manchester Siti 3-0 Brentford
09/05 21:30 Atletiko 0-1 Selta
09/05 23:45 Lechche 0-1 Yuventus
10/05 00:00 Real Sosyedad 2-2 Betis
10/05 15:30 Verona 0-1 Komo
10/05 17:00 Malyorka - Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli - Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest - Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas - Everton
10/05 18:00 Cremonese - Piza
10/05 18:00 Fiorentina - Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao - Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem - Arsenal
10/05 21:00 Parma - Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo - Xetafe
10/05 23:45 Milan - Atalanta
11/05 00:00 Barselona - Real Madrid
11/05 23:45 Napoli - Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem - Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano - Jirona

Zlatan Ibragimovich: «Nonushtada Shvesiya, lanchda Yevropa, tushlikda esa butun dunyoni zabt etaman»

Zlatan Ibragimovich: «Nonushtada Shvesiya, lanchda Yevropa, tushlikda esa butun dunyoni zabt etaman»

Baho:
+ | -

Zlatan Ibragimovich 36 yoshga to‘ldi. U hamon o‘z gollari va intervyulari bilan ajablantirishda davom etmoqda. Yaqinda shvesiyalik futbolchi o‘z homiylaridan bo‘lgan Visaga intervyu berdi.

- Yoshingiz o‘tib boryapti...

- Nima? Men yosharyapman. Bu faqat raqamlar. Hali yoshman va boshqalarni qarishga majbur qilyapman.

- Ha, maydonda ko‘rdik.

- Uning tashqarisida ham.

- Futbolchilik faoliyatingizni yakunlaganingizdan so‘ng nima bilan mashg‘ul bo‘lmoqchisiz?

- Men kelajakni rejalashtirmayman. Agar shunday qilsam, hamisha nimadir ro‘y beradi. Shu bois ham boshimni hali bo‘lmaydigan ishlar bilan qotirmoqchi emasman. Hammasini shundoq qabul qilaman. Ba’zida syurprizlar uchrab turadi. Lekin hayotdan lazzat olaman.

Ba’zida ortga qarab, dunyoni qanday egallaganimni ko‘raman. Nonushta payti Shvesiyani, lanchda Yevropani, tushlikda esa butun dunyoni zabt etaman. Lahzalardan lazzatlanaman. Lekin ko‘p emas. Keyin yana oldinga intilaman. Meni hech kim to‘xtata olmaydi, chunki tutqich bermayman.

- Yosh futbolchilar ko‘p so‘rashadi: nima muhim - iqtidormi yoki tinimsiz mehnat?

- Hozir o‘zimga qarshi boraman. Futbol yulduzlari faqat shuning uchun qo‘llarida to‘p bilan tug‘ilishganini aytishganini ko‘p bora eshitganman. Men esa bolaligimda to‘pga o‘xshash paypoq tepardim. Shunday darajaga chiqishimga tinimsiz mehnatlarim sababdir.

Odamlarning qandaydir qobiliyat sohibi sifatida tug‘ilishiga ishonmayman. Siz qaysidir joyda bo‘lish uchun ishlaysiz. Nimagadir erishish uchun qanchadir vaqtingizni sarf­lashingizga to‘g‘ri keladi. Aytaylik, jurnalist bo‘lib tug‘ilganingiz uchun jurnalist bo‘lmagansiz.

- To‘g‘ri.

- Ikkimizning oramizdagi farq: sizda tomoshabinlar, menda kuzatib boruvchilar bor. To‘xtang, adashdim. Sizda tomoshabinlar va kuzatuvchilar bor. Menda esa Zlatanga, mening dinimga ishonadiganlar bor.

- Zlatan dini deganda nimani nazarda tutyapsiz?

DAVOMI

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 11:01, 04.08.2018.
O'qildi: 4081 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик