«Chelsi» italiyalik mutaxassis Antonio Konte bilan ham o‘rtadagi shartnomani muddatidan avval bekor qildi va endi unga buning uchun 9 million funt sterling miqdorida tovon puli to‘laydi.
Umuman, «aristokratlar»ga ustozlik qilgan murabbiylar Londondan ketar chog‘i klub sohibi - rossiyalik oligarx Roman Arkadyevich Abramovichga sarlavha uchun tanlangan xitob asnosida minnatdorchilik bildirgan bo‘lsalar, ajabmas.
Quyidagi maqola bilan tanishgach, bunga ishonch hosil qilishingiz mumkin.
TOVON PULI TO‘LASH BOBIDA REKORDCHI
Ha, «Chelsi» rahbariyati jamoani avvaliga ishonch bilan chempionlikka yetaklagan, keyingi mavsum esa omadsizlikka yo‘liqqan Antonio Kontega ham muddatidan oldin javob berdi. London klubi va italiyalik mutaxassis o‘rtasidagi shartnoma 2019 yilning 30 iyun kuniga qadar mo‘ljallangandi.
Endi italyan murabbiyi xuddi o‘tmishdoshlari kabi binoyidek tovon puli oladi. The Sun nashri ma’lumotlariga ko‘ra, uzoq tortishuvlardan so‘ng murabbiyning vakillari 9 million funt sterling miqdorida kompensasiya olishga rozi bo‘lishgan.
Aytish joiz, «Chelsi» bunday ko‘rinishdagi chiqimlarga allaqachon o‘rganib urgurgan va murabbiylarga mehnat shartnomasini vaqtidan oldin bekor qilish uchun tovon puli to‘lash masalasida rekordchi hisoblanadi. The Sun xususan, klub Roman Abramovich davrida kimlarga qancha tovon to‘laganini ham keltirdi:
Klaudio Ranyeri (2004 yil iyun) - 6 million funt
Joze Mourinyo (2007 yil sentyabr) - 18 million funt
Avraam Grant (2008 yil may) - 5,5 million funt
Luiz Felipe Skolari (2009 yil fevral) - 12,6 million funt
Karlo Anchelotti (2011 yil may) - 6 million funt
Andre Villash-Boash (2012 yil mart) - 12 million funt
Roberto di Matteo (2012 yil noyabr) - 10,7 million funt
Joze Mourinyo (2015 yil noyabr) - 9,5 million funt
Antonio Konte (2018 yil iyul) - 9 million funt
Jami: 89,3 million funt
89,3 million funt - bu 7,3 milliard rubl demakdir. Deylik, Rossiya chempioni - «Lokomotiv»ning yillik byudjeti 2 milliard rublga ham yetmaydi. Bundan tashqari, «Chelsi» 2004 yili Joze Mourinyoni o‘z tomoniga og‘dirgani uchun uning sobiq klubi - «Portu»ga ham 1,8 million funt miqdorida kompensasiya to‘lagan.
2005 yili esa kam uchraydigan holat kuzatilgan - Abramovich jamoasi sport direktori Frank Arnesen «transferi» uchun «Tottenxem» hisob raqamiga 5 million funt (ayrim ma’lumotlarga ko‘ra, 8 «limon») o‘tkazib bergan.
ABRAMOVICHNING «CHELSI» RAVNAQI YO‘LIDAGI BOSHQA XARAJATLARI
InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.