Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo - Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

Iyul oyining eng yaxshi futbolchisini aniqlash uchun ovoz berish boshlandi

Iyul oyining eng yaxshi futbolchisini aniqlash uchun ovoz berish boshlandi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Professional futbol ligasi mavsum boshidan buyon har oy eng yaxshilarni aniqlash uchun o‘tkazib kelayotgan so‘rovnomasini davom ettiradi.

Mazkur so‘rovnomada Superliganing 12 ta klubi bosh murabbiylari va sardorlari ishtirok etadi. Muxlislar ovozi esa bundan buyon PFL rasmiy sayti www.PFL.uzda bo‘ladigan so‘rovnoma orqali qabul qilinadi.

Bilasiz, iyun-iyul oylarida Rossiya yashil maydonlarida Jahon chempionati-2018 bo‘lib o‘tdi. Shu sababdan Superligada qisqa tanaffus yuzaga keldi va iyun oyida faqatgina bitta tur o‘yini tashkil etildi. Shuni inobatga olib, iyun va iyul oylari uchun bitta so‘rovnoma tashkil qilishga qaror qilindi. Zero bitta tur natijalari inobatga olinib, iyun oyining eng yaxshilari aniqlanishi biroz nojoiz bo‘lar edi. Shu tariqa iyun oyidagi bitta tur va iyuldagi 5 ta tur uchrashuvlarida o‘zlarini yaxshi tomondan ko‘rsata olgan laureatlar aniqlanishi jarayoni boshlandi.

Ortda qolgan 6 ta tur uchrashuvlari davomida bir qator futbolchilar juda ajoyib o‘yin namoyish etib, muxlislar e’tirofiga sazovor bo‘lishdi. Shu o‘rinda, ortda qolgan oyda bir necha futbolchining sermahsullik namoyish etganiga ham guvoh bo‘ldik. Jumladan, “Lokomotiv” hujumchisi Marat Bikmayev 6 o‘yinda maydonga tushib, 5 ta gol kiritdi va 2 golli uzatmani amalga oshirdi. “Qo‘qon-1912” himoyachisi Murod Xolmuhammedov esa 11 metrli nuqtadan adashmay 5 bora raqiblari darvozalarini aniq nishonga oldi. Shuningdek, Tiago Bezerra, Yovan Jokich, Sardor Rashidov, Zohid Abdullayev hamda Javlon Ibrohimov ham o‘z jamoalariga gol hamda ishonchli o‘yini bilan naf keltirishdi. 

Qayd etish joizki, bu galgi nomzodlar ichidan Tiago Bezerra hozirga qadar 2 marta oyning eng yaxshisi deb topilish uchun da’vogarlar safidan joy olgan edi. Javlon Ibrohimov aprelda, Zohid Abdullayev esa may oyida ham eng yaxshi bo‘lish uchun nomzodlar orasidan o‘rin egallashgandi. Ko‘ramiz, bu safar omad qaysi futbolchiga nasib etar ekan…

 

Oyning eng yaxshi futbolchisi uchun nomzodlar

Marat Bikmayev (“Lokomotiv”) – 6 o‘yin, 5 gol, 2 golli uzatma

Murod Xolmuhammedov (“Qo‘qon-1912”) – 6 o‘yin, 5 gol

Tiago Bezerra (“Paxtakor”) – 6 o‘yin, 4 gol

Yovan Jokich (AGMK) – 6 o‘yin, 4 gol

Sardor Rashidov (“Lokomotiv”) – 6 o‘yin, 3 gol

Zohid Abdullayev (“Metallurg”) – 6 o‘yin, 3 gol 

Javlon Ibrohimov (“Bunyodkor”) – 4 o‘yin, 3 gol, 1 golli uzatma  

Ovoz berish jarayoni PFL rasmiy saytida davom etmoqda - www.PFL.uz 

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 14:46, 05.08.2018.
O'qildi: 2198 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.