Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/08 00:00 Barselona 2-0 Atletik Bilbao
28/08 22:00 Rasing 3-2 Elche
28/08 23:45 Milan 2-0 Venetsiya
29/08 00:00 Kristal Pelas 1-4 Manchester Siti
29/08 00:30 Alaves 1-0 Vilyarreal
29/08 16:00 Man. Yunayted - Ipsvich
29/08 16:30 Liverpul - Nottingem Forest
29/08 18:00 Surxon - Guliston
29/08 19:00 Neftchi - Paxtakor
29/08 19:00 Bornmut - Everton
29/08 19:00 Koventri Siti - Xall Siti
29/08 20:00 Levante - Betis
29/08 21:30 Tottenhem - Nyukasl
29/08 21:30 Fiorentina - Frozinone
29/08 21:30 Monsa - Udineze
29/08 21:30 Sassuolo - Torino
29/08 22:00 Real Sosyedad - Espanyol
29/08 23:45 Yuventus - Parma
30/08 00:30 Sevilya - Atletiko
30/08 18:00 So‘g‘diyona - Jayxun
30/08 18:00 Chelsi - Brayton
30/08 18:00 Lids - Brentford
30/08 18:00 Sanderlend - Fulhem
30/08 19:00 Navbahor - Nasaf
30/08 20:00 Real Madrid - Malaga
30/08 21:30 Napoli - Komo
30/08 22:30 Deportivo - Valensiya
30/08 23:45 Kalyari - Inter
30/08 23:45 Lasio - Jenoa

Maksim Shaskix klubi – 8 yoshda

Maksim Shaskix klubi – 8 yoshda

Baho:
+ | -

18 iyul kuni Ukraina klublari legioner futbolchilari uchun tashkil etilgan to‘p­urarlar klubi sakkiz yoshga to‘ldi. Uning asoschisi O‘zbekiston terma jamoasining sobiq hujumchisi Maksim Shaskix hisoblanadi.

Aynan u Ukraina chempionatida xorijlik futbolchilar orasida birinchi bo‘lib 100ta gol urgandi. Maxsus muxbirimiz Viktor Xoxlyuk Shaskixning faoliyati haqida so‘z yuritadi.

Maksim Kaliningradning «Baltika» jamoasida to‘purarlik qobiliyatini namoyish qilgandi. Natijada yosh futbolchiga Kiyevning «Dinamo» jamoasi skautlari e’tibor qaratishdi. O‘sha paytda kiyevliklar «Milan»ga o‘tib ketgan Andrey Shevchenkoga o‘rinbosar qidirish bilan band edilar.

Xullas, 1999 yilning 24 iyul kuni Maksim Shaskix Ukraina chempionatining 3-turidan o‘rin olgan «Karpati»ga qarshi o‘yinda (3:0) debyutini nishonladi. O‘shanda u tajribali himoyachi Vladimir Yezerskiyning o‘rniga maydonga tushirilgandi.

Oradan to‘rt kun o‘tib, YECHL kvalifikasion raundidan o‘rin olgan «Jalgiris»ga qarshi uchrashuvda u «dubl» muallifiga aylandi. O‘sha bahsda «Dinamo» 2:0 hisobida zafar quchgandi. Aynan shu o‘yinda u kiyevliklar safidagi gollari hisobini ochgandi.

«Dinamo»dagi debyut mavsumida Maksim 44 o‘yinda 29ta gol urishga erishdi. Ukraina chempionatida esa 25ta uchrashuvda maydonga tushib, 20ta to‘p kiritgan. Shu tariqa u chempionat to‘purari bo‘ldi. 2002-2003 yillar mavsumida ham Shaskix Ukraina chempionati to‘purariga aylangan. Bu safar 29 o‘yinda 22ta gol urgandi.

«Dinamo»dagi 10 mavsum o‘zbekistonlik futbolchining faoliyatidagi eng muvaffaqiyatlisi bo‘ldi. Kiyevliklar safida u olti marta (2000, 2001, 2003, 2004, 2007, 2009) mamlakat chempionligini nishonladi.

5 bor (2000, 2003, 2005, 2006, 2007) Ukraina kubogi va ikki marta (2004, 2006) Ukraina Superkubogi sohibiga aylandi. Aynan «Dinamo»da Maksim Yevropa darajasidagi yulduzga aylandi.

DAVOMI

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 16:01, 06.08.2018.
O'qildi: 4282 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик