Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

Ektor Kuper: O‘zbekiston terma jamoasini jahon chempionatiga olib chiqish uchun tinmay mehnat qilishga va’da beraman

Ektor Kuper: O‘zbekiston terma jamoasini jahon chempionatiga olib chiqish uchun tinmay mehnat qilishga va’da beraman

Baho:
+ | -

Milliy olimpiya qo‘mitasining anjumanlar zalida O‘zbekiston milliy terma jamoasining bosh murabbiyi Ektor Kuper bilan matbuot anjumani tashkil qilindi. Quyida matbuot anjumanida jurnalistlar tomonidan berilgan savollarga murabbiyning javoblari bilan tanishishingiz mumkin.

- O‘zbekiston terma jamoasi bilan dastlab qanday ishlarni amalga oshirasiz?

- Avvalo futbolchilar, futbolga aloqador insonlar hamda OAV vakillari bilan tanishaman, ichki chempionat o‘yinlarini ko‘raman. Ya’ni ishimni tanishishdan boshlayman. Barcha islohotlar asta sekinlik bilan boshlanadi. Tezda mo‘’jizalar kutish to‘g‘ri emas. O‘z maqsadlarimizga bosqichma-bosqich erishamiz.

- O‘zbekiston futbol assosiasiyasi bilan necha yilga mo‘ljallangan shartnoma imzoladingiz?

- O‘zbekiston futbol assosiasiyasi bilan 3+1 shaklida shartnoma imzoladik. Mening javobgarligim faqatgina milliy terma jamoa doirasida bo‘ladi. Lekin bu boshqa yoshdagi terma jamoalarni kuzatmayman, degani emas. O‘zbekistonning qolgan terma jamoalari bilan hamjihatlikda ishlashga umid qilyapman.

- Yurtimiz hamda o‘zbek futboli haqida qanday tasavvurga egasiz? Osiyo kubogida O‘zbekistondan qanday natija kutishimiz mumkin? 

- Hozircha futbolchilar bilan tanishyapman. Albatta ijobiy natijalar ko‘rsatishga ishonchim bor. Aks holatda sizning terma jamoangiz bilan shartnoma tuzmasdim.

- Janob Kuper Siz O‘zbekistonda istiqomat qilasizmi yoki ma’lum bir vaqtlardagina yurtimizga tashrif buyurasizmi? Murabbiylik shtabingizdan o‘zbek murabbiylar ham joy olishadimi?

- Men O‘zbekistonda yashab, terma jamoada ish olib boraman.Orada  Ispaniyaga va Argentinaga borib kelib turishim mumkin. Ammo asoiy yashash joyim O‘zbekiston bo‘ladi. Bu borada O‘zbekiston futbol assosiasiyasi tomonidan barcha sharoitlar yaratib berilmoqda. Buning uchun ularga tashakkur bildirib o‘taman.

Mahalliy murabbiylarga keladigan bo‘lsak, terma jamoada ishlash jarayonida ular bilan maslahatlashishim mumkin. Buni vaqt ko‘rsatadi. Bu borada mahalliy murabbiylarning ish faoliyati bilan tanishmay turib javob bera olmayman. Shu bilan birga O‘zbekiston terma jamoasi murabbiylar shtabidan uch nafar yordamchim joy olishini ham ta’kidlab o‘tmoqchiman. Ular menga raqiblarni o‘rganish, futbolchilarni kuzatish va boshqa jabhalarda yordam berishadi.

 - O‘yin falsafangiz bilan bo‘lishsangiz, futbolchilarga qarab taktika tanlaysizmi yoki o‘z taktikangizga mos futbolchilarni tanlaysizmi? 

 - Mening falsafam futbolchilarga qarab o‘yin sxemasini tuzish emas, balki o‘zim to‘g‘ri deb hisoblagan sxemalarga o‘yinchilarni moslashtirish yoki shunga mos kuchli futbolchilarni tanlab olishdir. 

- Nima sababdan O‘zbekiston tomonining taklifiga rozi bo‘ldingiz?

- O‘zbekiston futbol assosiasiyasi bilan shartnoma tuzishimning asosiy sababi O‘zbekiston terma jamoasining o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlaridir. Ya’ni Osiyo chempionatidagi ijobiy natija va azaliy orzu bo‘lgan jahon chempionatiga chiqish.

- O‘zbekistonni jahon chempionatiga olib chiqishga va’da bera olasizmi?

- Jahon chempionati 4 yillikning eng katta musobaqasi. Dunyodagi barcha terma jamoalar ushbu musobaqada ishtirok etish uchun katta hajmdagi ish olib borishadi. Futbolda oldindan natijani aniq aytishning ilojisi yo‘q.  O‘zbekiston terma jamoasini jahon chempionatiga olib chiqish uchun tinmay mehnat qilishga  va’da beraman. Qolganini esa vaqt ko‘rsatadi. 

Manba: ufa.uz
Kiritildi: 18:36, 06.08.2018.
O'qildi: 4814 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.