Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

«Shohsupa sari yo‘l». Denis Istomin o‘z tajribasiga ishonadi

«Shohsupa sari yo‘l». Denis Istomin o‘z tajribasiga ishonadi

Baho:
+ | -

Indoneziyadagi XVIII Osiyo o‘yinlariga oz fursat qolmoqda. Milliy olimpiya qo‘mitasi Matbuot va Media departamenti ushbu nufuzli musobaqada ishtirok etadigan sportchilarimiz bilan suhbat uyushtirishda davom etadi. Shu kungacha bir qator yetakchi sportchilarimiz savollarimizga javob qaytarishdi. Bugun o‘zbek tennisi yulduzi, mamlakatimizning birinchi raketkasi Denis Istomin mehmonimiz bo‘ladi.

To‘rt yoshimdayoq qo‘limda raketka ushlardim

Onam sababli tennis o‘ynashni boshlaganman. Ular mening birinchi murabbiyim hisoblanadilar. To‘rt yoshimdayoq qo‘limga tennis raketkasini ushlab, sportning ushbu turiga mehr qo‘yganman. Shu tariqa professional tennischiga aylandim.

Ovqatlanish haqida

Ovqatlanish tartibim oddiy. O‘zimdan ovqatlarni qizg‘anib o‘tirmayman. O‘yinlar oldidan ko‘proq tabiiy mahsulotlardan tayyorlagan yengil taomlar iste’mol qilaman. Pissa va boshqa fast-fudlarini imkon qadar chetlab o‘tishga harakat qilaman.

Federer haqida

Kumirlar haqida gapiradigan bo‘lsak, Rojer Federerni qayd etib o‘tgan bo‘lardim. Uning kortda va kort tashqarisidagi harakatlari menda iliq taassurot qoldiradi. Federerning sportdagi faoliyati nihoyatda yorqin. Shuningdek, yoshiga qaramay o‘zini yaxshi sport formasida ushlab turadi va muvaffaqiyatlarga erisha oladi.

Mag‘lubiyatlardan qo‘rqmaslik lozim

Buning uchun birinchi navbatda o‘z maqsading sari to‘xtamasdan intilish lozim. Mag‘lubiyatlardan qo‘rqmay, g‘alabaga butun vujuding bilan harakat qilish kerak.

Osiyo o‘yinlarida tajribasiga ishonadi

Professional faoliyatimni Osiyo o‘yinlari chempioni sifatida yakunlashni istardim. Bu oson bo‘lmasligini juda yaxshi bilaman. Ahir, yosh, jismonan baquvvat va texnik tomonlama kuchli tennischilar yetarli. O‘zim haqimda gapiradigan bo‘lsam, o‘yinlar davomida tajribamga ishonaman.

Manba: www.olympic.uz
Kiritildi: 19:02, 07.08.2018.
O'qildi: 2532 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.