El Mundo nashri (Ispaniya)ning hisob-kitobiga ko‘ra, «Real» klubi mavsum-2014|2015dan buyon Yevropa Chempionlar Ligasi atalmish durdona turnirda 3 marta g‘olib chiqish barobarida transferlarga bog‘liq operasiyalardan foyda olish bobida «ko‘hna qit’a»dagi naq 222ta jamoani ortda qoldirgan.
Vaholanki, madridliklar deyarli har safar futbol bozorida katta-katta xarajatga qo‘l urishadi. Xo‘sh, ular mislsiz sarfga qaramay, nimaning hisobiga plyus bilan chiqishyapti?
PERES IQTISODIYOTI
Shu yil boshida Ispaniyaning yana bir yetakchi sport nashri - Marca ko‘pchilikni hayratga solgan ma’lumotni taqdim etdi: «Real» yozgi transferlar bozorida chamasi 300 million yevro ishlashni ko‘zlamoqda». Buning ortidan tabiiy savol tug‘ildi - shuncha mablag‘ qayerdan yoki nimaning evaziga keladi?
Har holda, «Qirollik klubi» tepasida bitmas-tuganmas neft zaxirasi yoki qandaydir sirli qatarcha biznes yo‘q. Aniqroq ifoda etsak, klubni iqtisod tarafdori, ya’ni hisob-kitobni yaxshi ko‘ruvchi yevropalik tadbirkor bosh-qarmoqda.
Xullas, hammani qiziqtirgan savol javobi aynan jamoa prezidentiga bog‘liq: Florentino Peres oxirgi yillarda transfer bozorida o‘zini o‘ta aqlli va bosiq tutdi. Shuning natijasida kattagina mablag‘ iqtisod qilindi.
U endilikda yangi «galaktikos» yaratish ilinjida millionlarni to‘rt tomonga «sochish» bilan shug‘ullanayotgani yo‘q. Binobarin, «Real» so‘nggi paytlarda Krishtianu Ronaldu (2009 yil, 94 million yevro) va Garet Beyl (2013 yil 101 million yevro) transferiga o‘xshash megaxaridlarni amalga oshirishdan tiyildi.
PUL OSMONDAN TUSHMAYAPTI
«Real» 2014 yilning iyulida «Monako»ga Xames Rodriges uchun75 million yevro to‘laganidan keyin yorqin yulduzlar emas, balki mehnatkash futbolchilarni sotib olishga e’tibor qaratdi. Shu tariqa «oldi-sotti» operasiyalari bo‘yicha sekin-asta foydaga chiqdi. Bunga Yevropa maydonlaridagi ulkan g‘alabalar ortidan kelgan bonuslarni qo‘shing...
Har holda, CHLdagi ketma-ket 3ta zafar nafaqat «Madrid» muzeyini sovrinlar bilan boyitdi, balki klub g‘aznasini ham ancha to‘ldirdi. Shuningdek, Ispaniya grandi AQSH kompaniyalaridan biri bilan yangi homiylik shartnomasini rasmiylashtirdi.
Unga asosan, amerikaliklar «Madrid»ning raqamli huquqlaridan foydalanish evaziga 4 yilda naq 200 million yevro berishadi. Xullas, «Real» o‘tgan moliyaviy yilni 178 million yevroga teng ijobiy balans bilan yopdi. Ha, Marca ta’kidlagan mablag‘ Fors ko‘rfazi osmonidan olingan emas...
NAQ 222ta KLUBDAN OLDINDA
InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.