Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/01 01:00 Bavariya 2-0 Yunion
22/01 01:00 Marsel 0-3 Liverpul
22/01 01:00 Nyukasl 3-0 PSV
22/01 01:00 Slaviya 2-4 Barselona
22/01 01:00 Chelsi 1-0 Pafos
22/01 01:00 Yuventus 2-0 Benfika
22/01 01:00 Atalanta 2-3 Atletik Bilbao
24/01 00:45 Inter - Piza
24/01 01:00 Levante - Elche
24/01 17:30 Vest Xem - Sanderlend
24/01 18:00 Rayo Valyekano - Osasuna
24/01 19:00 Komo - Torino
24/01 20:00 Byornli - Tottenhem
24/01 20:00 Fulhem - Brayton
24/01 20:00 Manchester Siti - Vulverhempton
24/01 20:15 Valensiya - Espanyol
24/01 22:00 Fiorentina - Kalyari
24/01 22:30 Sevilya - Atletik Bilbao
24/01 22:30 Bornmut - Liverpul

Pepsi superliga: ekvator yaqin

Pepsi superliga: ekvator yaqin

Baho:
+ | -

Tashkil topganida katta umidlar bog‘laganimiz Superliga o‘zining mantiqiy ekvatoriga yaqinlashib boryapti. Dastlabki bosqichning ikkinchi davra bahslari yakunlanishiga ham oz vaqt qoldi.

Belgilangan 120ta o‘yindan 6tasi boshqa kunga ko‘chirildi. Rossiyadagi mundial paytida tanaffus qilgan Superliga 14-turning qoldirilgan bahslari bilan davom ettirildi.

Umuman olganda, joriy chempionatda kutilgan va kutilmagan yangiliklar ko‘p bo‘lyapti. Quyida ba’zi xulosa va mulohazalarni e’tiboringizga havola etsak.

Saviya oshdimi?

Yoz jaziramasida chiroyli o‘yinlar bilan ommani xursand qilish - murakkab masala. Qahraton sovuqda ham xuddi shunaqa. Buning yoniga o‘ydim-chuqur maydonlarni ham qo‘shsak, umumiy kartina hosil bo‘ladi. To‘g‘ri, darhol maqolani negativ narsalardan boshlamaylik. Superliga - futbolimiz taraqqiyoti yo‘lida qo‘yilgan dastlabki muhim qadam!

Yuqori oltilikdagi jamoalarga nazar solsak, 1 va 6-o‘rindagi jamoalar orasida 16 ochko farq bor. Quyi oltilikda ham tafovut xuddi shunday. Demak, bir tarafdan atigi 12 jamoadan iborat butun boshli mamlakat chempionatini ikki guruhga bo‘lish - o‘rinli qaror.

Chempionat peshqadami «Paxtakor» 20ta o‘yindan 13tasida zafar quchgan bo‘lsa, «Lokomotiv» hammadan ko‘p gol urdi - 33ta. Turnir jadvalining eng quyi qismida joylashgan uch jamoa hammadan ko‘p gol o‘tkazib yubordi - 27ta. «Navbahor» o‘z maydonida hammadan yaxshi o‘ynagan bo‘lsa, «Neftchi» safarda 10ta o‘yinning naq 5tasida durang qayd etdi.

Jamoalar bo‘yicha

20ta o‘yinning 8tasida durangga ko‘ngan «Nasaf» va «Neftchi»ni olaylik. Qarshi jamoasi mavsum avvalida chiroyli o‘yin ko‘rsatayotgandi. Keyin moliyaviy muammolar kuchaygach, bu klubning ertangi kuniga nisbatan ham savollar tug‘ila boshladi.

«Neftchi»ning esa o‘yinchilar saviyasi va turnirga tayyorgarlik jihatidan boshqalardan orqada ekanligi ma’lum bo‘lib qoldi. Bir paytlari chempionatimiz «brendlar»idan biri sanalgan Farg‘onaning shonli jamoasiga ushbu holat yarashmaydi, albatta.

«Neftchi» Superligada nima qilyapti?

DAVOMI

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 15:51, 11.08.2018.
O'qildi: 2840 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.